"Al Nassr" Fofana bo'yicha kelishuvga erishdi
29 iyu 2023 18:42
Yangiliklar


"Al Nassr" Fofana bo'yicha kelishuvga erishdi
"Lans" yarim himoyachisi Seko Fofana faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
"Footmercato" xabariga ko'ra, "Al Nassr" Kot-d'Ivuar terma jamoasining 28 yoshli futbolchisini sotib oladi. Uning transfer summasi 30 million evrodan kamroq bo'ladi, bu futbolchining francuz klubi bilan shartnomasida tovon puli sifatida belgilangan.
Fofana 2022/23 yilgi mavsum barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar