"Al Nasr"ni boshqarishi kutilgan murabbiy: "Umid qilamanki, shartnomamni yakuniga etkazib qo'yaman"
06 iyu 2023 21:12
Yangiliklar
"Al Nasr"ni boshqarishi kutilgan murabbiy: "Umid qilamanki, shartnomamni yakuniga etkazib qo'yaman"
"Betis" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini klubdagi kelajagi borasida gapirdi.
"Klub bilan yana 2 yillik shartnomam bor. Umid qilamanki, buni oxirigacha etkazib qo'yaman. Jamoa birgalikda rivoj topishini, odamlarni xursand qilishini barchamiz istaymiz. "Betis" bilan 2 yillik shartnomam bor va bu erdan ketishga, bu erda ishlamaslikka sabab ko'rmayapman. Umid qilamanki, bizga ishongan insonlarning ishonchini poymol qilmayman", - dedi mutaxassis.
Oldinroq Pellegrinining "Al Nasr" bosh murabbiyi bo'lish uchun asosiy nomzod ekanligi aytilgandi. U 2020 yildan buyon "Betis"ni boshqarmoqda. Uning qo'l ostida jamoa mavsumni 6-o'rinda yakunlab, Evropa ligasiga yo'llanma oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar