So’nggi yangiliklar

20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  3 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  3 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  20 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  24 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0

“Al-Muharraq” legionerlari haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

“Al-Muharraq” legionerlari haqida nimalarni bilamiz?

Teglar :  Al Hala Muharraq
Bugun “Nasaf”ni jiddiy bahs kutmoqda. Bahraynda “ajdarlar” OFK kubogi-2021 final uchrashuvida “Al-Muharraq” klubiga qarshi maydonga tushadi

Bugungi kungi raqib safida 4 nafar legionerlar to'p tepadi. Quyida ular borasida malumot beramiz. 

SHu o'rinda klubning legioner tanlash siyosatiga bir nazar solsak. “Al-Muharraq” Bahrayning moliyaviy tomondan juda baquvvat klubi hisoblanadi. Klub rahbariyati xorijdan futbolchi taklif qilishda juda ham “qaysar” deyish mumkin. 

Legionerlar

Joriy mavsumda “Al-Muharraq” 4 nafar legionerlar xizmatidan foydalanmoqda. Xususan, ikki nafar iordaniyalik, bir nafar nigeriyalik va yana bir nafar braziliyalik charm to'p ustalari bilan shartnoma imzolangan. 

Mahmud al Mardi – Iordaniya 

Mahmud Mardi 1993 yilning 6 oktyabr kuni Iordaniyaning Aqaba shahrida dunyoga kelgan. Faoliyati davomida Iordaniyaning ko'plab jamoalar sharafini himoya qilgan. 2021 yildan boshlab esa Bahrayning “Al-Muharraq” klubida to'p tepadi. Mardi Iordaniya milliy terma jamoasi azosi ham hisoblanadi. U 2015 yildan buyon terma jamoada o'ynab keladi. Futbolchi hujumkor yarim himoyachi sifatida maydonda harakat qiladi. 

Noor Al-Ravabdeh Iordaniya

Bu futbolchi – 1997 yilning 24 fevral kuni Iordaniyaning Amman shahrida dunyoga kelgan. Yarim himoya ampluasida to'p tepadigan Noor 2017-2021 yillar oralig'ida “Al-Jazira” klubida o'ynadi. 2021 yildan boshlab “Al-Muharraq”ga ko'chib o'tdi. U ham Iordaniya milliy terma jamoasi azosi hisoblanadi va 2018 yildan buyon 12ta uchrashuvda maydonga tushgan. 

Mozes Jona – Nigeriya

Jona – 1997 yilning 17 dekabr kuni Nigeriyaning Lagos shahrida dunyoga kelgan. Yarim himoya ampluasida to'p tepadi. U ham 2021 yildan boshlab “Al-Muharraq”da o'ynaydi. Aytish kerakki, Jona haqida aytrali malumotlarni topishning imkoni bo'lgani yo'q. SHunisi malumki, u klubga kelganidan buyon OFK kubogi doirasida jamoasiga muhim bo'lgan gollar kiritdi. 

Flavio Kariosa – Braziliya

Kariosa – 1988 yilning 11 dekabrida Braziliyada dunyoga kelgan. Faoliyatini katta qismini vatanida o'tkazgan Flavio 2019 yilda Malta chempionatga ko'chib o'tdi. U erda “Sirens” va “Floriana” klublari sharafini himoya qildi. 2021 yildan boshlab esa “Al-Muharraq”da to'p tepadi. Markaziy hujumchi bo'lgan qahramonimiz OFK kubogida jamoasi safida keng ko'lamdagi ishlarni bajaradi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика