"Al Hilol" - "Paxtakor": o'yinga oid malumotlar
29 fev 2016 08:00
Yangiliklar


"Al Hilol" - "Paxtakor": o'yinga oid malumotlar
Uchrashuvga oid turli malumotlar bilan sizlarni tanishtirib o'tamiz.
Tayyorgarlik
Jamoamiz o'yinga tayyorgarlikni faqat mashg'ulotlar yordamida olib bordi. Tarkibda yo'qotishlar yo'q. Dushanba va seshanba kuni mashg'ulot Ar-Riyodda o'tkaziladi. Payshanba kuni tiklanish mashqlarini bajargan No'mon Hasanov shogirdlari keyingi kunlari bevosita o'yinga qaratilgan mashg'ulotda ishtirok etishdi.
"Al Hilol" esa shanba kuni Saudiya Arabistoni chempionatining 18-turida o'z maydonida ashaddiy raqibi "Al Ittihod"ga qarshi maydonga tushdi. To'pni nazorat qilishda deyarli 3 baravar ustunlikka ega bo'lgan Georgis Donis shogirdlari buni natijada aks ettira olmay, 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Jamoa 40 ochko to'plab, taqibchilarini bir ochkoga ortda qoldirmoqda. O'yinni "Hilol" quyidagi tarkibda o'tkazdi:
SHarahili, Zori, Kvak, Jahfali, SHahroni, Otayf (Ailton), Salman, SHalhub (Qahtoni), Salim, Eduardo, SHamroni (Davsari).
O'zaro o'yinlar
Saudiya Arabistonida jamoalar 2 bor to'qnash kelgan. Har ikki safar "Hilol" 2:0 hisobida zafar quchgan. "Paxtakor" o'zbek klublari orasida Saudiyadan g'alaba bilan qaytgan yagona jamoa bo'lib turibdi. 2009 yil jamoamiz nimchorak finalad Dammamda "Ittifoq"dan 2:1 hisobida ustun kelgan.
Stadion va o'yin vaqti
Uchrashuv Ar-Riyod shahrida joylashgan "SHahzoda Faysal Bin Fahd" stadionida 2 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi. "Paxtakor" o'tgan mavsum shu stadionda "SHabab" bilan 2:2 hisobida durang o'ynagandi.
Jamoa dushanba kuni tongda Toshkent-Dubay-Riyod yo'nalishida Saudiya Arabistoni qirolligiga yo'l oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar