"Al Hilol" - AGMK uchrashuvidan oldingi qiziqarli faktlar
13 apr 2021 16:08
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630791_original.jpg)
![](/upload/storage/630791_220.jpg)
"Al Hilol" - AGMK uchrashuvidan oldingi qiziqarli faktlar
OFK mazkur bahsdan oldin qiziqarli faktlarni taqdim etdi.
- "Al Hilol" OCHLda 17-marta o'ynamoqda, bu mutloq rekord hisoblanadi. Klub ketma-ket 13-yil ushbu musobaqada qatnashadi.
- Bu AGMK uchun OCHL guruh bosqichidagi ilk uchrashuv bo'ladi. Ular musobaqaning guruh bosqichida qatnashadigan O'zbekistonning 7-jamoasidir.
- Saudiya Arabistoni jamoalari OCHLda O'zbekiston klublari bilan 62 marta to'qnash kelishgan. 33 o'yinda Saudiya Arabistoni klublari, 12ta bahsda O'zbekiston klublari g'olib bo'lgan. 17ta o'yinda durang kuzatilgan.
- "Al Hilol" OCHL guruh bosqichida O'zbekiston jamoalariga qarshi so'nggi 12 o'yinning faqat bittasida (8 g'alaba va 3 durang) mag'lub bo'lgan.
- 2019 yilgi Osiyo CHempionlar Ligasi boshidan buyon hech qaysi futbolchi "Al Hilol" hujumchisi Bafetimbi Gomisdan ko'proq ("Al-Nassr" hujumchisi Hamdallah bilan teng) gol urmagan - 11ta.
Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" - AGMK uchrashuvi 15 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.
Al Hilal Sardor Rakhmanov - 27', Luciano Dario Vietto - 36' |
AFC Champions League Grp. A . 1-tur 16/04/2021, 01:00 2
:
2
Tugadi
|
AGMK Zafar Polvonov - 11', Sanjar Shaakhmedov - 70' |
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar