“Al-Fath” – “Bunyodkor”. VIDEO PREVYU
21 fev 2014 15:40
Yangiliklar

“Al-Fath” – “Bunyodkor”. VIDEO PREVYU
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Osiyo CHempionlar ligasidagi debyut uchrashuvini 2008 yili Jiddada “Al-Ittihod”ga qarshi o'tkazgan edi.
“Qaldirg'ochlar” bu yilgi ishtiroklarini yana Saudiya Arabistonida boshlashadi. Etiborlisi, “Bunyodkor” bu safar Saudiyaning amaldagi chempioni, OCHL debyutanti – “Al-Fath” bilan kuch sinashadi.
Al-Ahsa shahri sharafini himoya qiluvchi klub yarim asrlik tarixga ega bo'lsa-da, jamoa muxlislari ilk sovrin qo'lga kiritilishini 58 yil kutishdi! Aynan 2013 yilda Saudiya Arabistoni grandlari – “Al-Ittihod”, “Al-SHabab”, “An-Nasr” va “Al-Hilol” klublari chempionlik kurashida “Al-Fath”ni to'xtatib qolisholmadi.
Qitamizning klublar o'rtasidagi eng nufuzli turniri – Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichida o'zining ettinchi startiga kirishayotgan Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Saudiya Arabistoni klublari bilan shu kungacha to'qqizta bahsda uchrashgan: Jiddaning “Al-Ittihod”i bilan oltita, Dammam sharafini himoya qiluvchi “Al-Ittifoq” bilan ikki va poytaxt – Ar-Riyodning “Al-Hilol”i bilan bitta. “Bunyodkor” va Saudiya Arabistoni klublarining o'zaro 9 uchrashuvining 3tasida “qaldirg'ochlar”, 4tasida arablar g'alaba qozonishgan. Ikki uchrashuv esa durang natija bilan yakun topgan. To'plar farqi – 9:12.
O'zaro o'yinlar to'purari Anvarjon Soliev hisoblanadi. Tajribali hujumchi hisobida jami 4ta gol bor. SHuningdek, Server Jeparov, Denilson, Jasur Hasanov, Rivaldo va Milosh Trifunovich saudiyaliklar darvozasiga bittadan gol urishgan.
Ayni paytda faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining “Al-SHabab” klubida olib borayotgan “Bunyodkor”ning sobiq azosi Azizbek Haydarov o'zaro o'yinlarda eng ko'p maydonga tushgan futbolchi hisoblanadi. U saudiyaliklarga qarshi sakkizta bahsda maydonda bo'lgan.
Hakamlar haqida gap ketganda “Bunyodkor” va Saudiya Arabistoni klublari qarama-qarshiligida uch mamlakat – Yaponiya, Avstraliya va Malayziyadan bo'lgan hakamlar faoliyat yuritishgan. Yaponiyalik Yuichi Nishimura va avstraliyalik Benjamin jon Vilyams uchtadan o'yinlarda ishlashgan. 25 fevral kungi bahni Kim Dong Jin boshchiligidagi Koreya Respublikasidan bo'lgan hakamlar guruhi boshqarib borishadi.
“Bunyodkor” Saudiyada o'tkazgan 5ta uchrashuvining uchtasida mag'lubiyat alamini tortib ko'rgan. Qolgan ikkita o'yinda 1:1 hisobidagi durang natijalar bilan ortga qaytgan. Toshkentda kechgan 4ta bahsning uchtasida ishonchli g'alabalar qo'lga kiritilgan bo'lsa, bir o'yinda kichik hisobda imkoniyat boy berilgan.
“Bunyodkor” Osiyo CHempionlar ligasi bahslarini ko'pinchi omadli boshlaganini takidlash joiz. Ayniqsa, 2010 yilgi turnirga braziliyalik mashhur murabbiy Luiz Felipe Skolari boshchiligida tayyorlangan jamoa o'zining ilk o'yinida aynan Saudiya Arabistoni vakili “Al-Ittihod”ni har jabhada dog'da qoldirilib, 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. SHuningdek, Mirjalol Qosimov boshchiligida ilk bora SHarqiy mintaqada qatnashgan “qaldirg'ochlar”ning 2013 yilgi starti ham esda qolarli bo'lgan. Yaponiya chempioni – “Sanfrechche Xirosima” klubi o'z uyida Oleksandr Pishur va Fozil Musaev gollari evaziga 2:0 hisobida tor-mor etilgan edi. O'ylaymizki, joriy yilgi start ham “Bunyodkor” uchun omadli bo'lib, jamoamiz Saudiya Arabistonidagi ilk g'alabasini tantana qiladi.
Ignatiy Nesterov, Jasur Hasanov, Artyom Filiposyan, Lutfulla To'raev, Igor Taran kabi etakchi futbolchilarning jamoamizni tark etishi natijasida “Bunyodkor” 2014 yilga deyarli yangilangan va anchayin yoshartirilgan tarkib bilan tayyorgarlik ko'rmoqda. Bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov klub akademiyasidan etishib chiqayotgan yoshlarga ishonch bildirayotgani va “Bunyodkor” kelajagini aynan o'z tarbiyalanuvchilarimiz bilan qurayotgani quvonarli holdir. Ishonamizki, 2014 yilda ham “Bunyodkor” jamoasi har bir musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, muxlislarga olam-olam quvonch bag'ishlaydi.

Fikrlar