"Al Ayn" jamoasini yaxshi bilamiz" - Ro'ziqul Berdiev

Sherzod Nurmatov
28 dek 2023, 14:53
Ro'ziqul Berdiev OCHL chorak final uchun tashlangan qur'adan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

Qur'a natijalariga ko'ra Qarshi jamoasi BAAning "Al Ayn" klubi bilan to'qnash keladigan bo'ldi. 

"OCHL musobaqasining bu bosqichida ishtirok etishning o'zi katta yutuq. Uchrashuvning Qarshida bo'lishi muxlislar uchun katta bayram bo'ladi deb o'ylayman. Chorak finalda ishtirok etayotgan jamoalar orasida birorta ham kuchsiz raqibning o'zi yo'q.

"Al Ayn" jamoasini yaxshi bilamiz. Ular ushbu mavsumda "Paxtakor" jamoasi bilan ikki bor bellashishdi. Bu bizga raqibning imkoniyatlarini chamalab olishga imkon beradi. Biz amirlikar jamoasi bilan bo'lib o'tadigan o'yingacha yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak bo'ladi", – dedi Berdiev.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати