“Al Ahli” – “Nasaf” uchrashuvini yaponiyalik hakamlar boshqaradi
22 fev 2016 23:12
Yangiliklar


“Al Ahli” – “Nasaf” uchrashuvini yaponiyalik hakamlar boshqaradi
OCHL 1-turidan o'rin olgan “Al Ahli” – “Nasaf” uchrashuvini yaponiyalik hakamlar brigidasi boshqarib boradi.
Bosh hakam Sato Ryuiga qanotlarda hamyurtlari Sagara Toru va Nagi Toshiyuki ko'maklashishadi. To'rtinchi hakam Xurram SHaxzod Pokistondan tashrif buyuradi.
OCHL, 1-tur. 24.02.2016.
“Al Ahli” (Saudiya Arabistoni) – “Nasaf” (O'zbekiston)
Jidda. “Qirol Abdulla sport siti” stadioni.
Bosh hakam: Sato Ryui
Qanot hakamlari: Segara Toru, Nagi Toshiyuki (barchasi Yaponiyadan).
To'rtinchi hakam: Hurram SHaxzod (Pokiston).
Xakamlar nazoratchisi: Subhiddin bin Mohd Solih (Malayziya).
Uchrashuv komissari: Goko Suminori (Yaponiya).
Eslatib o'tamiz, “Al Ahli” –“Nasaf” uchrashuvi 24 fevral, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:10 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar