Akrom Komilov O'zbekiston – Singapur o'yini oldidan qanday fikrda?
07 iyu 2021 16:17
Yangiliklar
Akrom Komilov O'zbekiston – Singapur o'yini oldidan qanday fikrda?
Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Singapur terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadi.
Mazkur uchrashuvni ko'pchilik hamyurtlarimiz intizorlik bilan kutmoqda. Joriy mavsum faoliyatini AGMK jamoasida olib borayotgan Akrom Komilov milliy terma jamoamizning o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Albatta, bugun O'zbekiston – Singapur o'yini qiziqarli o'tishi aniq. Vakillarimiz g'alaba qozonadi degan umiddaman. Milliy terma jamoamiz tarkibida yaxshi saviyadagi futbolchilar yig'ilgan. Ularga omad tilayman. Menimcha Singapur ustidan bugun kamida 2:0 yoki 3:0 hisobida g'alaba qozonamiz deb o'ylayman.
- Himoya chizig'i bugun qanday ko'rinish oladi? CHapdan o'ngga sanaydigan bo'lsak
– Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Rustam Ashurmatov, Islom To'xtaxo'jaev, Xojiakbar Alijonov.
Fikrlar