Akram Afif: "Omad bizga kulib boqdi va uch ochkoni qo'lga kirita oldik"
15 noy 2024 16:20
Yangiliklar


Akram Afif: "Omad bizga kulib boqdi va uch ochkoni qo'lga kirita oldik"
JCH-2026 saralashidan o'rin olgan Qatar - O'zbekiston (3:2) bahsidan so'ng qatarlik futbolchi Akram Afif o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.
"Ikkinchi bo'limda namoyish etgan o'yinimizdan qoniqmadim. Birinchi taymdan so'ng ikkita to'p farqi bilan oldinda borayotgan edik, lekin kerakli natijani ushlab qola olmadik va raqib hisobni tenglashtira oldi. Omad bizga kulib boqdi va bunday qiyin uchrashuvda 3 ochkoni qo'lga kirita oldik.
O'zbekistonga qarshi kechgan bahsni unutishimiz kerak. Saralash bosqichi hali uzoq vaqt davom etadi. Endi bor etiborimizni BAAga qarshi o'yinga qaratishimiz kerak", - dedi Akram Afif.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar