So’nggi yangiliklar

20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  0 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  4 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  1 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  17 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  7 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  2

Akmal Tursunboev: O'tkazib yuborilgan gollarda doim darvozabonning ham aybi bo'ladi Yangiliklar

Akmal Tursunboev: O'tkazib yuborilgan gollarda doim darvozabonning ham aybi bo'ladi

Buxoro - Andijon uchrashuvida o'z darvozasidan 5 ta gol o'tkazib yuborgan Akmal Tursunboevdan o'yin haqida fikrlarini so'radik.

Garchi Tursunboevning yirik mag'lubiyatdan keyin kayfiyati tushkun bo'lishiga qaramay, o'zini professionallarcha tutib, muxlislar uchun o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Buning uchun Akmalga qoyil qoldik.

- To'g'risi, bunday yirik hisobdagi mag'lubiyatdan keyin aniq bir narsa deyish qiyin. Bunday bo'lishini hech kim kutmagandi. Buxoroga imkon qadar yutqazmaslik maqsadida kelgandik. Raqib jamoa tarkibida tajribali futbolchilar ko'p. Ularda o'yin saviyasi ham yaxshi darajada ekanligini aytgan bo'lardim.

- Bizda ham bir qator golli vaziyatlar bo'ldi. Ammo ulardan oqilona foydalana olmadik. O'yindan oldin jamoadoshlarimga aytgandim, menga juda ko'p ish bo'lishini.

- O'tkazib yuborilgan gollarga keladigan bo'lsak. Menimcha hammasini qaytarish mumkin edi. Bilasizmi har doim o'tkazib yuborilgan gollarda darvozabonlar baribir aybdor bo'ladi. SHu bois men ham qaysidir manoda Buxoro bilan o'yindagi gollarda o'zimni aybdor his qilaman. Himoyachilar haqida gapirish noto'g'ri. Ular ham imkon qadar xarakat qildi. Mag'lubiyatga butun jamoa aybdor degan bo'lardim, - deydi Tursunboev.

Andijon matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика