Akmal SHorahmedov: “Al Jazira” oddiy jamoa emas”
07 fev 2015 09:00
Yangiliklar

Akmal SHorahmedov: “Al Jazira” oddiy jamoa emas”
“Bunyodkor” klubi Turkiyaning Antaliya shahridagi yig'ini doirasidagi so'nggi uchrashuvni Xitoyning “CHanchun Yatai” klubiga qarshi o'tkazdi.
Bahs tugagach jamoa himoyachisi Akmal SHorahmedov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Xitoy klublariga qarshi o'ynash doimo qiyin bo'lgan. CHunki ular juda tartibli futbol namoyish etishadi. O'yin judayam hujumkor ruhda o'tdi. Biz yaratgan vaziyatimizning birini golga aylantirdik va g'alaba qozondik.
Yig'in davomida murabbiylarimiz turli xil taktik sxemalarni sinovdan o'tkazib olishdi va turli tarkib sinab ko'rishdi. Tayyorgarligimizning eng so'nggi bosqichi Toshkentda bo'ladi. O'ylaymanki, 17 fevral kuni optimal formada bo'lamiz.
Ayn vaqtda nazorat o'yinlari ayni paytda bizga judayam zarur edi. CHunki “Al Jazira” oddiy jamoa emas”, - deydi Akmal SHorahmedov klub matbuot xizmatiga bergan intervyusi chog'ida.
"Bunyodkor" matbuot xizmati

Fikrlar