So’nggi yangiliklar

01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  0 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  1 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  5 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  4 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  13 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  26 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  3 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7

Akmal Rustamov: "Kelasi yil kuchlilar orasida bo'lishni xohlaymiz" Yangiliklar

Akmal Rustamov: "Kelasi yil kuchlilar orasida bo'lishni xohlaymiz"

Superliga 30-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Sho'rtan" (3:3) uchrashuvidan so'ng navoiyliklar bosh murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Avvalo barchani chempionat yakuni bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, "Sho'rtan"ga qarshi oson bahs kechmasligini bilardik. Kimdir bugun "Qizilqum"ga oson bo'ladi deb o'ylagan bo'lsa adashdi. Men kiyim almashtirish xonasida futbolchilarga ham aytdim. O'ylashimcha, durang o'yinga mos bo'ldi. Yil davomida bizni qo'llab turgan klubimiz rahbariyati va muxlislarga katta rahmat aytaman. Nasib qilsa, kelasi yil yanada kuchayib qaytamiz.

- "Qizilqum" bu mavsum vazifani bajardi: jamoa Superligada yaxshi o'yin ko'rsatdi. Shu haqda gapirib o'tsangiz.

- Yarim yil shu jamoada ishlagan bo'lsam, shuni aytishim kerak, biz bir oila bo'la oldik. Shunday bo'ldiki, mag'lubiyatsiz seriyamiz 9taga etdi. Lekin muammolar ham tasir qildi: jarohatlar, kartochkalar. Mavsumni 9-o'rinda yakunladik va buni ijobiy natija deya olaman. Murabbiylar shtabi qo'ldan kelgancha mehnat qildik. Xudo xohlasa, ishlashda davom etib keyingi yil yanada yuqori o'rinlarga harakat qilamiz.

- "Qizilqum" nomdor tarkibga ega emas, ammo jamoangizda shijoat ko'rindi. Ushbu tarkib saqlab qolinadimi?

- Biz mavjud tarkibni olib qolishga hamda yangi futbolchilarni qo'shib olishga harakat qilamiz. Besh nafarcha yangi futbolchi olish niyatimiz bor. Kelasi yil kuchlilar orasida bo'lishni xohlaymiz.



Reyting:    

Fikrlar

   
29 noy 22:20:20
Umida Axmedova
Avvalambor "NKMK"AJ Boshqaruv raisi-Bosh direktori Q.S.Sanaqulovga, rahbariyatiga õz minnatdorchiligimni bildiraman. Shuningdek Qizilqum PFK direktori, rahbariyatiga, jamoa bosh murabbiyiga, jamoaning barcha shtab a'zolariga va albatta futbolchilarga katta rahmat aytmoqchiman. Kelasi mavsumda jamoamizni kuchli uchlikda kõrish nasib qilsin.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика