So’nggi yangiliklar

20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  1 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  4 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  20 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  43 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  8 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0

Akmal Ortiqov: "Oila azolarim o'yinni stadiondan kuzatishgani menga qo'shimcha kuch bag'ishladi" Yangiliklar

Akmal Ortiqov: "Oila azolarim o'yinni stadiondan kuzatishgani menga qo'shimcha kuch bag'ishladi"

Teglar :  Akmal OrtiqovTuron
Xabaringiz bor, kuni kecha Soca-Cola Superliganing 7-turi doirasida "Turon" - "Paxtakor" (1:1) uchrashuvi yakunida yaypanliklar darvozaboni Akmal Ortiqov uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

 SHuningdek, tajribali darvozabon Championat.asia talqiniga ko'ra 7-tur ramziy terma jamoasiga kiritildi va mazkur turning eng yaxshi darvozaboni deya etirof etildi. Saytimiz muxbiri "Turon" darvozaboni Akmal Ortiqov bilan intervyu tashkil etdi.

- Siz "Turon" - "Paxtakor" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildingiz. SHuningdek, Championat.asia talqiniga ko'ra ramziy terma jamoaga kiritildingiz. Bunday etirof futbolchiga qanday motivaciya beradi?

- Albatta kechagi "Paxtakor" bilan o'tgan o'yin biz uchun omadli kechdi. Jamoamiz murabbiylar shtabi bu uchrashuvga bizni alohida dasturlar asosida tayyorlagandi. O'yinda eng yaxshi deb topilganim menga keyingi o'yinlarda kuch va qo'shimcha ishtiyoq bag'ishlaydi. Bundan tashqari bu etirof menga katta masuliyat yuklaydi, albatta bunday etirofga munosib harakat qilishim zarur.

- O'tgan uchrashuvlarda "Turon"da eng ko'p tanqidlar darvoza chizig'iga bo'layotgan edi. "Paxtakor"ga qarshi o'yinda esa muxlislar olqishiga ko'proq aynan darvozabon loyiq ko'rildi. Bu natijaga qanday erishildi?

- Avvalgi o'yinlarda xatoga yo'l qo'yib jamoamizni qiyin ahvolga solib qo'ygandim. Xatolardan to'g'ri xulosa chiqargan xolda mashg'ulotlarda astoydil ishladik. Mehnatlarimiz samarasi kechagi o'yinda o'z samarasini berdi. SHu o'rinda "Turon"da darvozabonlar murabbiyi vazifasida ishlab kelayotgan Bekzod Turg'unovning xizmatlarini ham alohida etirof etish joiz. Keyingi o'yinlarda ham kechagi uchrashuv kabi faol harakat qilib jamoamizga sidqidildan yordam berishga harakat qilaman.


 


- Bilishimizcha, "Paxtakor" bilan o'yinni oila azolaringiz stadiondan kuzatishgan. Kechagi o'yindagi faolligingizga mana shu omil ham sabab bo'ldi deb hisoblaysizmi?

- Kechagi o'yin jamoamiz uchun muhim ahamiyat kasb etardi. "Paxtakor"ga qarshi bo'lib o'tgan bahsni oila azolarim bevosita maydondan kuzatishgani albatta qo'shimcha kuch va g'alabaga bo'lgan ishtiyoq bag'ishladi.

- Jamoani oldinda qisqa fursat ichida 2 ta muhim o'yin kutib turibdi. 10 may kuni AGMK, 13-kuni esa "Qizilqum" bilan o'ynaysizlar. SHu uchrashuvlar haqida nimalarni ayta olasiz?

- Keyingi o'yinlar "Turon" uchun juda muhim. Oldindagi uchrashuvlarda nasib bo'lsa tarixiy g'alabamizni qo'lga kiritgan xolda muxlislarimizni xursand qilamiz deb o'ylayman.

- Akmal Ortiqov mashhur darvozabonlar orasida kimni o'z ideali sifatida ko'radi?

- Avvallari mashhur darvozabonlardan Iker Kasilyasning o'yinlarini miriqib tomosha qilardim. Hozirda Keylor Navasning harakatlarini kuzatib borayapman.

- "Turon" muxlislariga qanday tilaklaringiz bor?

- Bilasizmi, bu men uchun eng muhim savol. "Turon" muxlislari shaxsan mendan so'rasangiz eng zo'ri. Best of the best. Ularga hamisha sog'liq-salomatlik tilayman.



Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика