Akbar Usmonov: "Hozircha Mendez penaltilarni menga ishonayapti"
28 jan 2017 18:15
Yangiliklar
Akbar Usmonov: "Hozircha Mendez penaltilarni menga ishonayapti"
Vakillarimizning 5:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan o'yindan keyin terma jamoamiz tarkibida to'rtta to'p kiritgan Akbar Usmonov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun ham juda og'ir o'yin bo'ldi. Lekin, kechagidan kerakli hulosalar chiqargan holda tayyorgarlik ko'rgan edik va bu o'z natijasini berdi. Garchi ancha qiynalgan bo'lsak ham, yigitlar astoydil harakat qilishgani uchun g'alabani qo'lga kiritdik deb o'ylayman. Bundan tashqari, bosh murabbiyimiz aniq ko'rsatmalarni bergan edi, shu narsa ham g'alaba omili bo'ldi.
Kechagi uchrashuvga ularning o'yin uslubidan umuman bexabar holda tushgan edik, bugun esa qo'shnilarimiz haqida tushuncha bor edi.
Penalti va dabl penaltilarda hozircha Mendez menga ishonch bildirmoqda va men bu imkoniyatdan foydalanayapman", - deydi Akbar Usmonov.
Fikrlar