Akbar To'raev: "Taffarelning o'yinlarini ko'rib zavq olardim"
19 iyu 2014 20:57
Yangiliklar
Akbar To'raev: "Taffarelning o'yinlarini ko'rib zavq olardim"
Bugun xabar berganimizdek "Bunyodkor" darvozaboni Akbar To'raev "SA" mehmoni bo'ldi.
Kolumbiya - Kot DIvuar uchrashuvidan oldin posbon o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Qaysi darvozabonning harakatlari yoqmoqda?Tug'risi, meksikalik Gilerme Ochoaning Braziliyaga qarshi o'yindagi harakatlari meni hayron qoldirdi. Uni oldindan tanirdim, "Ayachcho"da o'ynagan posbonning Meksikadagi o'yinlarini tomosha qilgandim. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi vaqtida Sanjar Quvvatov bilan birga uning o'yinlari yozilgan videolarni ko'rgandim.
Birinchi turdagi sensacion natija...Birinchi turda Kosta-Rikaning o'yini men uchun kutilmagan bo'ldi. Urugvaydek kuchli jamoani mag'lub eta oldi. Jahon chempionati ajoyib o'tmoqda, juda ko'plab kutilmagan natijalar qayd etilmoqda. Hozir total futbol yuqori cho'qqiga chiqdi. Barcha jamoalar shunga intilishmoqda.
Dastlabki Jahon chempionati...Birinchi ko'rgan Jahon chempionatim bu 1998 yilda Franciyada o'tgan chempion edi. Braziliyaga juda ham ashaddiy tarzda muxlislik qilganman. Uydagilar o'yinlar kech bo'lgani uchun "uxla ertaga maktabga borasan" deyishardi. Finalni ko'rmay ertalab turib darhol tv orqali yangiliklarni ko'rganman, 0:3ni ko'rib hatto maktabga borgim ham kelmay qolgandi. O'sha mundialda Klaudio Taffarelning o'yini menga juda yoqqan. Braziliyalik posbon ajoyib harakat qilardi.
Kolumbiya - Kot DIvuar uchrashuvida kim yutadi?Kolumbiya...
Fikrlar