Akbar To'raev: "Maqsad - "Neftchi"ni Superligaga qaytarish"
16 fev 2021 19:25
Yangiliklar
Akbar To'raev: "Maqsad - "Neftchi"ni Superligaga qaytarish"
"Neftchi" bilan yangi mavsumga qizg'in tayyorgarlik olib bormoqdamiz. Yig'inni Toshkentda boshladik, so'ng "Hokim kubogi" musobaqasida davom ettirdik. Mazkur turnir har tomonlama foydali bo'ldi, deya olaman. Futbolchilar o'sha vaqt hali to'liq tayyor emasdi. SHuningdek, tarkibdagi aksariyat futbolchilar yangi edi. Kamchiliklar ko'ringani rost. Mashg'ulotlarda buning ustida ishlayapmiz. Ayni paytda tayyorgarlikning uchinchi qismini o'tkazmoqdamiz. O'rtoqlik uchrashuvlari orqali bir-birimizni yaxshiroq tushunib boryapmiz.
Ko'rayotgan bo'lsangiz PRO-Liga ham bugungi kunga kelib Superligadan qolishayotgani yo'q. O'tgan yildan boshlab uchrashuvlar jonli efirda translyaciya qilinmoqda. Barcha jamoalar oldiga jiddiy maqsad qo'ygan. "Neftchi"ning loyihasi uzoq yillik. Birinchi bosqich jamoani Superligaga qaytarish. Bu yildagi asosiy vazifamiz ham shunday",- deydi Akbar To'raev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar