So’nggi yangiliklar

02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  0 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  1 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  1 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  4 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  24

Ajoyib xayolparast Yangiliklar

Ajoyib xayolparast

Tush o'ng bo'lmas, o'ng tush bo'lmas.

Yutuqlariyu kamchiliklarini elkasiga ortgancha 2024 yil bizni tark etishga va tarixga aylanishga tayyorlanmoqda.

2025 yil o'zbek futbolida hammasi boshqacha bo'lar ekan...
- 2025 yilda har qanday hisobdagi mag'lubiyatdan keyin matbuot anjumaniga bosh murabbiyning o'zi kirar ekan;

- Yangi yilda matbuot anjumanlari OAV xodimlari bilan liq to'la zallarda o'tkazilar ekan;

- Terma jamoa qanday natija qayd etishidan qati nazar futbolchilar mikst zonada ularni kutib turgan jurnalistlarning savollariga javob berishar ekan;

- Superliga va kubok bellashuvlarida jurnalist va fotograflar uchun hamma sharoitlar biz havas qiladigan davlatlardagi kabi bo'lar ekan;

- Futbolga ixtisoslashgan yangi telekanal ochilarkan;

- O'yinlarni translyaciya qilish uchun yangi KTS (Ko'chma televizion studiya) sotib olinarkan;


- Superliga va kubok o'yinlari 12 ta kamerada translyaciya qilinar, tasvirlarni sifati ko'zlarni quvnatarkan;

- Hakamlar VARni eshitish yoki ko'rish uchun 40 soniyadan ko'p sarflashmaskan;


- O'FA, PFL va hamma o'zbek klublarimiz yil oxirida OAV orqali muxlislar uchun hisobot konferenciyasi o'tkazisharkan;

- Klublarimiz mashg'ulot uchun o'zlari 50 tadan to'p sotib olisharkan, o'yinlarda esa PFL beradigan to'plarni yangidek saqlagan holda foydalanisharkan;

- Yangi mavsumda hech kim vaqt cho'zmasmush, hamma futbol o'ynashni xohlarmush;

- Oxirgi turlarga borib g'alati o'yinlar va natijalar yo'q bo'lib ketarmush;

- Superligadagi legionerlarni ko'rib ko'z quvnarmush;

- Superligada to'purar bo'lgan futbolchi 30 ta gol urarkan;

- Superliga va Proliga klublari futbolchi va murabbiylaridan tortib barcha xodimlarigacha birdek ekipirovka berarmush;

- Klublar xorij yig'inlari va safar o'yinlariga matbuot kotibi, fotograf va media xizmatidagi operatorni olib borarkan;


- Futbolchilarga ikkitalik premiya, xodimlarga esa bittalik degan tushuncha futbolimizda yo'q bo'lib ketarkan, ikkitalik bo'lsa bu hammaga birdek amal qilarkan;

- Futbolimizda maydon tashqarisidagi emas, maydondagi intrigani ko'rib APLni kuzatadigan muxlislar stadionga qaytisharkan;

- Mavsum oxiriga borib palon klub 3 oydan beri maosh bermasmush, mukofot pullarini bermabdi degan gap-so'zlar umuman yo'q bo'lib ketarkan. Go'yo o'zbek futbolida bunday narsalar hech qachon bo'lmagandek tuyularkan;

- Muxlislar 10-15 yil oldin bo'lgani kabi stadionga qaytarkan;


Hammasi juda yaxshi ketmoqda... SHu onda qulog'imga qandaydir musiqa chalina boshladi. Budilnik jiringlayotgan ekan. Endi asta o'rnimdan turaman va bolajonlarni bog'chasiyu maktabiga tashlab, ishga ketaman...

Qo'shiqning fonogrammasi yaxshimi yoki jonlisi?!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика