So’nggi yangiliklar

13:41Натан Аке "Барселона"га ўтиши мумкин  0 13:07Тиагу Мотта "Тоттенхэм"ни бошқариши мумкин  2 12:28"Бавария" ва "Интер" Германия терма жамоаси вингерига даъвогарлик қилмоқда  0 11:28МЮ хавбек Таверньени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 10:46Суперлига. 3-тур ҳакамлари маълум. Марказий учрашувларни кимлар бошқариб боради?  10 10:28"Реал Мадрид" АПЛ грандлари билан курашмоқчи  1 09:42"Арсенал" МЮнинг асосий футболчиларидан бирини текинга қўлга киритиши мумкин  3 09:16"Барселона" 80 миллион евролик ҳужумчига кўз тикди  7 08:49Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 08:23Sofascore. Ҳусанов энг яхшилардан бири бўлди  4 07:57Ўзбекистон Суперкубоги. Чипталар нархи маълум  10 07:30МЛС. "Интер Майами"да навбатдаги ғалаба. Месси фаолиятидаги 899-голини урди  13 07:00Англия кубоги. "Ньюкасл" — "Манчестер Сити" 1:3  6 06:32Легионерларимиз. Шерзод Темиров Ироқ чемпионатидаги 16-голини урди, жамоаси ғалаба қозонди   2 02:58Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди  63

Superliga-2026. Mavsumni kim qaerda boshlaydi? Yangiliklar

Superliga-2026. Mavsumni kim qaerda boshlaydi?

So'nggi 10 kun davomida Liga mana shu savolga javob topish ustida ishladi. Buning ham yaxshi, ham noqulay tomoni bor.

Yaxshi tarafi shundaki, mamlakatdagi stadionlar bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. Taqvim va qura mexanizmlarini shakllantirish tomonlama Liga, o'z sevimli klubi ishtirokidagi uchrashuvni doim ham o'z stadionida tomosha qila olmaydigan muxlis, shuningdek, har safar boshqa arenaga ko'chib yurishga majbur klub buning noqulay tomonlarini o'z tanasida his qilmoqda. 


7 ta klub futbol maydoni holatidan kelib chiqib, mavsumni o'z arenasida boshlashi mumkin: Andijon, Neftchi, Qo'qon-1912, Bunyodkor, Dinamo, Surxon, Xorazm. Bunyodkor stadioni barcha ko'rsatkichlar bo'yicha Liga tomonidan qo'yilgan mezonlarga to'g'ri keladi. Respublikadagi qolgan barcha stadionlar esa teletranslyaciyalar yo'nalishida ish olib borib, mavjud kamera platformalarini kabellashtirish va ulanishlarni yagona Patchroom orqali markazlashtirish tizimini joriy etishi lozim. 


Paxtakor, Qizilqum va Buxoro klublari o'z uy o'yinlarini o'tkazadigan stadionda ishlar davom etayotgan bo'lib, bunda ular mavsum startiga qadar tayyor bo'lishga kafolat bermoqda. Ulgurmagan klub yo boshqa stadion bilan shartnoma imzolashi yoki uy o'yinlarini ham raqib maydonida o'tkazishiga to'g'ri keladi. Buxoro “Superliga reglamenti”ning 4.7-bandini bajarish ustida ishlamoqda. Boisi, mazkur viloyatda maydon parvarishi uchun mo'ljallangan zarur texnika mavjud emas. Qizilqum esa Yoshlik SM projektorlarini talab etilgan ko'rinishga keltirish ishlarini boshlagan. O'z navbatida Paxtakor tamirlash ishlarini yakuniy bosqichda olib bormoqda. 


Qolgan 6 ta klub mavsumni boshqa arenada boshlaydi. Qashqadaryoning ikki klubi Qarshidagi Markaziy stadion tayyor bo'lishini kutadi va u Liga tomonidan qabul qilib olingach, Qarshi shahriga qaytadi. Rejaga ko'ra, Nasaf klubiga qarashli stadion aprel oyidan boshlab Superliga o'yinlarini qabul qilishi mumkin. Lokomotiv va OKMK stadionlari ham aprel oyiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Namangandagi stadion tayyor holatga may oyida etib kelishi katta ehtimol. So'g'diyona esa Zomindagi stadionni Superliga uchrashuvlariga moslashtirish harakatiga tushgan. Ish rejadan tashqari kechiksa, klub raqiblarini Samarqandda qabul qiladi. 

Taqvim tayyor. Stadionlar masalasida esa hamon noaniqliklar bor. Endilikda Liga qura mexanizmini ishlab chiqadi va 2026 yilgi mavsum uchun butkul boshqa uslubdan foydalanadi. Bu haqda keyinroq alohida malumot beriladi.


Reyting:    

Fikrlar

+2   
11 jan 14:34:59
Бахтиёр Ашуров
Стадионлар муаммоси ҳеч тугамамас эканда!
+1   
11 jan 18:53:25
dessi anvar
майдон ўти учун иссиқни ҳам совуқни ҳам баҳонаси ўтмайди ана қатар , саудия , эмират иссиқ , совуқ деса ана шотландия , дания , норвегия , об ҳавони баҳонаси ўтмайди , айб мутахассисда пул бор деб клуб ичига кириб олган уя қуриб , ёки ҳалиги гап , футбол бўйича чемпионмас , таъмир қилиш бўйича чемпион нима фарқи бор мулла жирингни қаёқдан келишини , 34 йил бўлди камида 20 та стадион усти ёпиладигон қўрса бўларди
+1   
11 jan 17:27:58
Ulugbek....
Maydon maysasini 1 mavsum uchun qilishadimi bular. Har yili shu ahvol. Qizilqum maydoni har doim yangilanadi 3 oyda yana sap sariq boʼladi
+1   
11 jan 15:00:07
TOMJIQ_OLOT
"Бухоро" клуби ҳеч стадионга ёлчимади, ёлчимадида... Наҳотки, бутун бир вилоятда майдон парвариши учун мўлжалланган зарур техника мавжуд бўлмаса?! Шу масала ечилмайдиган муаммо эмаску?
-1   
11 jan 15:08:34
Ўзбек футболининг муҳлиси
Пахтакор стадионини бузиб янгидан қурганда ҳам ҳалигача битармиди, ахир 4 йилча бўб қолди ремонтга тушганига. Оддий Бунёдкор 2008-йил нолдан қурилиб, 2012-йил кузига битганди...
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика