Ajoyib! La Liga o'yinlarni muxlislarning shovqini bilan efirga uzatilishini tasdiqladi
27 may 2020 11:07
Yangiliklar


Ajoyib! La Liga o'yinlarni muxlislarning shovqini bilan efirga uzatilishini tasdiqladi
La Liga koronavirus pandemiyasidan so'ng to'xtab qolgan chempionatni davom ettirishga kirishgan.
Liga rahbariyati va rasmiy translyaciya qiluvchilar translyatorlar o'yinlarni muxlislarning shovqinlari bilan efirga uzatishni rejalashtirishmoqda.
Ispanlarning fikriga ko'ra, bu muxlislar bo'lmagan stadiondagi atmosferani kuchaytirishga xizmat qiladi.
"Biz aslida berkitish iloji bo'lmagan bo'shlikni yopishga harakat qilamiz. Stadionda qo'llab-quvvatlash juda muhimdir. Biz muxlislarning shu vaqtga amalga oshirgan shovqin va muxlisliklarini yozuvlar orqali ishlatamiz", - deydi Mediapro kompaniyasi prezidenti Xaume Roures.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Ispaniya bosh vaziri La Ligani 8 iyundan boshlanishini aytgan edi.
O’xshash yangiliklar
17:05
Modrichga "Real"dan yangi taklif tushmadi – La Liganing navbatdagi turida xayrlashuv kutilmoqda 4

Fikrlar