Ajoyib! "Borussiya" futbolchilari klubning 850 xodimini ishda saqlab qolish uchun o'z maoshlarini kamaytirishdi
24 mar 2020 13:20
Yangiliklar


Ajoyib! "Borussiya" futbolchilari klubning 850 xodimini ishda saqlab qolish uchun o'z maoshlarini kamaytirishdi
Dortmundning "Borussiya" jamoa koronavirus sababli Germaniya chempionati to'xtatilganligi ortidan maoshlarini kamaytirishga kelishib olishdi.
Xabarlarga ko'ra, klub rahbariyati o'yinchilarning maoshini 20%ga qisqartirish niyatida bo'lgan. Bu koronavirus sababli karantin vaqtida klubning 850 xodimini ishda saqlab qolar edi.
Oldinroq, "Barselona" futbolchilari pandemiya sabab ish haqlarining pasaytirilishiga qarshi emasliklari xabar qilingan edi. SHuningdek "Verder" o'yinchilari ham klub rahbariyatidan daromadlarini pasaytirilishini so'rashgan.
Eslatib o'tamiz, Germaniya chempionati 2 aprelga qadar to'xtatilgan.
Ayni paytda Germaniyada 29056 inson (dunyoda 5-o'rin) koronavirusga chalingan bo'lib, 123 nafari vafot etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar