So’nggi yangiliklar

15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   0 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  4 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  1 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  6 12:57Анчелоттининг рад жавобидан сўнг Бразилия терма жамоаси мураббийлигига асосий номзод ўзгарди  0 12:27Суперлиганинг 8-турида ишлайиган ҳакамлар билан танишинг  0 10:50«Байер» Алонсонинг ўрнига Испаниядан бошқа мураббий топди  0 10:22Анчелоттининг навбатдаги жамоаси қайси бўлиши очиқланди  6 09:25«Барселона»га қарши учрашувда қизил карточка олган «Реал» футболчиларининг тақдири маълум  27 08:57Луис Энрике Лондондаги ғалаба ҳақида фикр билдирди  4 08:26Артета мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13 08:05ЕЧЛ. ПСЖ биринчи ўйинда ғалаба қозонди, "Арсенал"нинг голи ҳисобга олинмади  5 07:58Анчелоттининг Бразилия билан келишуви барбод бўлиши мумкин, Нега?  7

"Ajdarlar"ning parvozi davom etadi Yangiliklar

"Ajdarlar"ning parvozi davom etadi

Xabaringiz bor, Qarshining "Nasaf" klubi Osiyo CHempionlar ligasining pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

O'quvchilik yillarimizda, maqsadimiz bilim olish emas, ko'proq darsdan amallab juftakni rostlash bo'lgan kezlarda bir o'qituvchimiz bo'lardi. Tariflaydigan jihati ham bunday olib qaraganda, oddiy inson, yaltir-yultur kiyinish nimaligini bilmaydigan, lekin xalq tili bilan aytganda, kallasi kompyuter. O'sha oddiyligi tufayli ham barchaning hurmatiga sazovor bo'lgan. "Nasaf"ni ham o'sha o'qituvchimga qiyoslagim keldi. Oddiy viloyat klubi, qimmatbaho o'yinchilarni jalb etmasdan, mahalliy futbolchilardan shakllangan jamoa tuza oladi hamda qoniqarli natijaga erisha oladi. SHuningdek, klubga Qashqadaryo viloyatidan boshqa o'lkalardagi futbol ishqibozlari ham hurmat bajo keltirishadi. Ishtirokini saralash bosqichidan boshlagan "Nasaf" guruh bosqichida maksimum vazifani bajardi. Birinchi o'rinni saqlab qolishga o'n daqiqa chidab berisholmadi xolos. Nima bo'lgan taqdirda ham, keyingi bosqich chiptalari qo'lga kiritildi. Endigi vazifa esa imkon qadar uzoqroqqa borish.

Guruh bosqichida davomida Ro'ziqul Berdiev to'rt xil taktika bilan shogirdlarini o'yinga tayyorladi. Ulardan eng maqbuli 4-3-3 taktikasi bo'lib, ushbu sxema bo'yicha 3 o'yinda maydonga tushgan "ajdarlar" 2 g'alaba va 1 durangga erishdi. SHuningdek, Berdiev ikki o'yinda 3-5-2 hamda oxirgi turda 4-2-3-1 taktikasini sinovdan o'tkazib ko'rdi.

Qarshiliklar "Al Faysali"ga qarshi uchrashuvda yaqqol ustunlikka ega bo'lishiga qaramay, imkoniyat boy berib qo'yilgan bo'lsa, aksariyat o'yinlarda ustunlikga raqibga bergan holda "uloq"ni ilib ketishdi. 

"Al Sadd" - "Nasaf" 1:1

To'pni egallash: 54-46

Zarbalar: 14-19

Aniq zarba: 3-7

Noaniq zarba: 5-10

Blok qo'yilgan zarbalar: 6-2

Burchak zarbasi: 4-5

Hujumlar: 113-86

Xavfli hujumlar: 66-66

FOTOGALEREYA. OCHL. "Al Sadd" - "Nasaf" 1:1


"Nasaf" - "Al Vihdat" 2:0

To'pni egallash: 50-50

Zarbalar: 20-11

Aniq zarba: 6-2

Noaniq zarba: 8-8

Blok qo'yilgan zarbalar: 6-1

Burchak zarbasi: 7-4

Hujumlar: 94-94

Xavfli hujumlar: 73-51

FOTOGALEREYA. OCHL. "Nasaf" - "Al Vihdat"


"Nasaf" - "Al Faysali" 0:1

To'pni egallash: 56-44

Zarbalar: 16-2

Aniq zarba: 2-1

Noaniq zarba: 9-1

Blok qo'yilgan zarbalar: 5-0

Burchak zarbasi: 6-3

Hujumlar: 91-71

Xavfli hujumlar: 84-43

FOTOGALEREYA. OCHL. "Nasaf" - "Al Faysali" 0:1


"Al Faysali" - "Nasaf" 0:0

To'pni egallash: 40-60

Zarbalar: 2-11

Aniq zarba: 1-3

Noaniq zarba: 1-7

Blok qo'yilgan zarbalar: 0-1

Burchak zarbasi: 1-8

Hujumlar: 87-114

Xavfli hujumlar: 46-109

FOTOGALEREYA. OCHL. "Al Faysali" - "Nasaf" 0:0


"Nasaf" - "Al Sadd" 3:1

To'pni egallash: 44-56

Zarbalar: 16-15

Aniq zarba: 7-6

Noaniq zarba: 6-9

Blok qo'yilgan zarbalar: 5-0

Burchak zarbasi: 3-0

Hujumlar: 79-84

Xavfli hujumlar: 59-69

FOTOGALEREYA. OCHL. "Nasaf" - "Al Sadd" 3:1


"Al Vihdat" - "Nasaf" 2:2

To'pni egallash: 64-36

Zarbalar: 17-12

Aniq zarba: 5-7

Noaniq zarba: 6-1

Blok qo'yilgan zarbalar: 6-4

Burchak zarbasi: 3-5

Hujumlar: 97-73

Xavfli hujumlar: 62-56

FOTOGALEREYA. "Al Vixdat" - "Nasaf"



Eng yaxshi futbolchi: Husniddin Aliqulov

Markaziy himoyachi guruhdagi barcha o'yinlarni to'liq o'tkazdi hamda himoyadagi xatti-harakatlari bilan ajralib turdi. Garchi 23 yoshli futbolchi o'z hisobiga gol yoki assist yozib qo'ymagan bo'lsa-da, yakkakurashlarda yutib chiqish bo'yicha klub safida eng yaxshi natijani qayd etdi (65%). Aliqulov xavfni bartaraf etish bo'yicha ham yuqori samaradorlik ko'rsatgan (69%).


Jamoa to'purari: Marko Stanoevich

Serbiyalik markaziy yarim himoyachi "Al Vihdat" klubini yaxshi ko'rib qoldi, boisi turnir davomidagi uchta golining barchasini aynan ushbu jamoa darvozasiga kiritdi. Bu gollar muhim ahamiyat kasb etardi, dastlab uning dubli "ajdarlar"ga zafar olib kelgan bo'lsa, so'nggi turda qimmatli 1 ochko olishini taminladi. SHuningdek, 33 yoshli futbolchi qarshiliklar tarkibida eng ko'p zarba muallifiga ham aylandi. Oyog'iga kelgan to'pni tepaverdimi nima, xullas uning urinishlari soni 25 taga etib qo'ydi. SHularning 9 tasigina mo'ljalga aniq borgan. Bundan tashqari, Stanoevich "Nasaf" safidagi eng ko'p pas bergan futbolchiga ham aylangan - 327 ta, shulardan 86%i sheriklarining butsasi diydorlashgan. Marko nafaqat hujumda, balki himoyadagi harakatlari bilan ham maqtanishga arziydi. U raqiblaridan naq 23 marta to'pni olib qo'ygan.


Kashfiyot: Akmal Mozgovoy

Ushbu nominaciyaga 2 ta gol urib, 1 assist qayd etgan Husayn Norchaevni ham kiritishimiz mumkin edi. Biroq Husaynning bu natijasi biz uchun yangilik emas, qolaversa, u hujumchi hamda uning vazifasi gol urish. Mozgovoy esa himoyaga ko'proq yordam beradigan yarim himoyachi bo'lishiga qaramay, hujumdagi sherigi bilan bir xil miqdorda raqib darvozabonlarini ranjita oldi. 23 yoshli futbolchi himoyada ham, hujumda ham bir tekis o'ynadi hamda barcha uchrashuvlarni to'liq o'tkazdi.


Darvozabonlar

Musobaqadagi ilk uchrashuvda "Nasaf" darvozasini Umidjon Ergashev qo'riqladi. O'sha o'yinda uning darvozasi tomon 3 ta aniq zarba yo'llandi, shulardan biri darvoza to'ridan o'rin oldi. Biroq keyingi o'yinlarda Ro'ziqul Berdiev Abduvohid Nematovni ushbu poziciyaga munosib deb topdi. Nematov 5 o'yinda jami 43 bor o'qqa tutildi, shulardan 15 tasi mo'ljalga etib keldi. Ushbu vaziyatlardan 11 tasini 35 raqamli posbon bartaraf etishning uddasidan chiqqan bo'lsa, 4 ta zarba oldida ojiz qoldi. Umuman olganda, "ajdarlar" parvozining bardavom bo'lishida darvoza qo'riqchilarining ham o'rni beqiyos.

Qarshiliklar kelgusi yilning fevral oyida OCHL 1/8 final bosqichida Saudiya Arabistonining "Al SHabab" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu jamoa haqida ham mufassal malumot berishga harakat qilamiz. Ungach esa "Nasaf"ning yanada yuksalishini tilab qolamiz. Istalgan klubimizga ularni o'rnak qilib ko'rsatsak arziydi.

"Paxtakor" OCHLda qanday ishtirok etdi?

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика