“Ajdarlar” Turkiyaga uchib ketdi, OCHL bahsiga 3 hafta qoldi
09 jan 2018 10:57
Yangiliklar
“Ajdarlar” Turkiyaga uchib ketdi, OCHL bahsiga 3 hafta qoldi
Qarshining “Nasaf” klubi qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettirish uchun bugun Turkiyaga jo'nab ketdi.
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa Turkiyaning Belek shahrida 22 yanvargacha yig'in o'tkazadi. Jamoa xorijiy o'quv-yig'in mashg'ulotlari davomida nazorat uchrashuvlari o'tkazishni ham rejalashtirgan. Bu haqda keyinroq to'liq malumot beriladi.
Murabbiylar Turkiyaga 23 nafar futbolchini olib ketishdi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti. Xorijiy yig'inda jamoa safiga yangi futbolchilar qo'shilishi mumkin.
"Nasaf" 23 yanvar kuni Qarshiga qaytib keladi va 30 yanvarda bo'ladigan pley-off uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettiradi. Eslatib o'tamiz, 30 yanvar kuni o'z maydonida Iordaniyaning "Al Faysali" klubini qabul qiladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar