Ahrol Risqullaev Qatar U-23 - Myanma U-23 uchrashuvini boshqaradi
08 sen 2023 15:16
Yangiliklar


Ahrol Risqullaev Qatar U-23 - Myanma U-23 uchrashuvini boshqaradi
Xabaringiz bor, kelasi yilning bahorida Qatar yashil maydonlarida U-23 Osiyo Kubogi musobaqasi o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Ertaga musobaqaning saralash bahslarining 2-turi ertaga start oladi.
Koreyaning CHangvon shahrida o'tishi rejalashtirilgan "B" guruhi doirasidagi Qatar U-23 – Myanma U-23 terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni Ahrol Risqullaev boshqarib boradi, Sanjar SHoyusupov esa qanot hakami vazifasini bajaradi
Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan ertaga, 9 sentyabr kuni soat 12:00 da start oladi.
Malumot uchun, ushbu hakamlar 6 sentyabr kungi Koreya Respublikasi U23 - Qatar U-23 uchrashuvida ham, SHoyusupov qanotda, Risqullaev esa zaxira hakami sifatida ishlashgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar