Ahrol Risqullaev Osiyo Kubogini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2024
O'zbekistonlik FIFA referisi Ahrol Risqullaev jismoniy tayyorgarlik jarayonida olgan jarohati tufayli Osiyoning eng nufuzli turnirida ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.

Uning o'rniga OFK tomonidan tojikistonlik FIFA referisi Gulmurodi Sadullo Osiyo Kubogiga jalb qilindi.

Ma'lumot uchun, Ahrol Risqullaev yakuniga etgan 2023 yilgi mavsumda ichki musobaqalarda 12 ta, xalqaro turnirlarda esa 13 ta uchrashuvni bosh hakam sifatida boshqargan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази