Ahmedov va Jeparov Xitoyga qarshi o'ynashga tayyorlar
09 okt 2016 17:01
Yangiliklar
Ahmedov va Jeparov Xitoyga qarshi o'ynashga tayyorlar
O'zbekiston terma jamoasi Xitoy bilan o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa har kuni kechki payt "Paxtakor" stadionida mashg'ulot o'tkazmoqda. Kechagi mashg'ulotlarda Odil Ahmedov va Server Jeparov umumiy guruh bilan birga shug'ullanishdi. Eslatib o'tamiz, Ahmedov jarohati bois Eronga qarshi o'ynay olmagan edi. Jeparov esa Eron bilan o'yinning birinchi bo'limida jarohat olib maydonni tark etgan edi.
Ikkala futbolchi mashg'ulotlarda to'liq kuch bilan ishlashmoqda. Bu esa ularning 11 oktyabr kungi Xitoy bilan bahsga tayyor ekanliklarini anglatadi.
Eslatib o'tamiz, Xitoy bilan uchrashuvda Aleksandr Geynrix va Anzur Ismoilov diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olishmaydi.
O’xshash yangiliklar
21:51
O'zPFL 2024 yildagi shubhali o'yinlarni tekshirishni so'rab O'FA etika qo'mitasiga xat yuborgan 9
Fikrlar