Ahmedov, legioner hujumchi, "Bunyodkor" himoyachisi va "So'g'diyona"ning ikki futbolchisi MTJ lagerini tark etdi
27 may 2021 17:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/639389_original.jpg)
![](/upload/storage/639389_220.jpg)
Ahmedov, legioner hujumchi, "Bunyodkor" himoyachisi va "So'g'diyona"ning ikki futbolchisi MTJ lagerini tark etdi
Ertaga O'zbekiston MTJ Dubayga uchib ketadi.
Dubaydagi yig'inda 29 nafar futbolchi ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Oldinroq SHarof Muhitdinov va Farruh Sayfiev terma jamoa jamoa lagerini tark etgani haqida xabar bergandik.
Undan tashqari Azimjon Ahmedov ("Navbahor"), SHahzodbek Ubaydullaaev ("SHaxtyor", Belarus), Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor"), Iskandar SHaykulov va Javohir Qahramonov (ikkisi "So'g'diyona") ham safarga bormaydigan bo'lishdi.
Koreyadagi legionerlar Rustam Ashurmatov, Ikrom Aliboev va Jamshid Iskanderov to'g'ri Dubayga uchib borishlari kutilmoqda. Biroq Jamshid Iskanderovning ham yig'inda qatnashishi hozircha so'roq ostida.
Igor Sergeev ham 31 may kuni Qozog'istondan to'g'ri Dubayga uchib boradi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar