So’nggi yangiliklar

17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:03"Бани Яс" — "Хорфаккан". Таркиблар маълум  0 16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  0 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  13 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  1 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  3 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  10 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0

Ahmedov "Anji" haqida: "Jamoada hammasini Eto'O hal qilardi. U "Real"da sodir bo'lgan kelishmovchilik uchun Karlosni jamoadan olib tashlagan" Yangiliklar

Ahmedov "Anji" haqida: "Jamoada hammasini Eto'O hal qilardi. U "Real"da sodir bo'lgan kelishmovchilik uchun Karlosni jamoadan olib tashlagan"

Odil Ahmedov "Anji"da to'p tepgan paytlaridagi xotiralari bilan bo'lishdi.

- "Anji"ning qaysi tomoni klub darajasiga to'g'ri kelmasdi?

- Mamurlar (administratorlar)dan boshqa hammasi zo'r edi. Masalan, mashg'ulotdan so'ng kir kiyimlarni savatga tashlardik, ular yuvilib, qaytarib olib kelinardi, qay biri kimning formasi ekanligini o'zimiz izlardik.

Keyin "Bavariya" mamuri taklif qilindi va u hammasini tartibga keltirdi: Mashg'ulotga kelasan, hammasi tayyor, so'raysan - beradi.

- "Anji"da nima sizni ko'proq hayratga solgan?

- "Anji" egasi Suleyman Kerimov Roberto Karlosga o'yinchoq "Bugatti" sovg'a qilgan. Uning ichida haqiqiy mashinaning kalitlari bor edi. Karlos - juda oddiy, pozitiv inson. Unga qarab, bu yigit afsona deyish qiyin edi.

- "Igor Denisov "Anji"ning qora tanli futbolchilari haqida ko'p yoqimsiz gaplarni aytgan". SHu so'zlaringizga aniqlik kiritib ketsangiz.

- Denisov - o'z feliga ega futbolchi. Qaysidir bahsdan so'ng u Diarra yoki Bussufa bilan tortishib qoldi va janjal boshlandi: Jamoa guruhlarga bo'linib oldi. Keyinroq Gus Xiddink ketdi, bizga voqealar rivoji o'zgarganini, istagan inson klubni tark etishi mumkinligi haqida aytishdi.

Xiddink katta obro'ga ega edi, biroq jamoadagi deyarli barcha narsani Samuel Eto'O hal qilardi. U gol urishni, g'alaba qozonishni xohlardi, klub uchun ko'plab yaxshi ishlar qilgan. Masalan, futbolchilarning mukofot pulidan pul yig'ib, mamurlar va boshqa xodimlarga bergan.

SHu bilan birga Eto'O "Real"da sodir bo'lgan kelishmovchilik uchun Karlosni "Anji"dan olib tashlagan. Braziliyalik himoyachining ketishi foydamizga ishlgan: U 40 yoshlarda edi, avvalgi Karlosdan asar ham qolmagandi" - deydi Odil Ahmedov.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика