So’nggi yangiliklar

18:35Ўзбекистон Кубоги. 1/8 финал босқичига қуръа ташланди: "Қўқон-1912" ўз уйида "Бунёдкор"ни қабул қилади, "Навбаҳор" меҳмонда "Хоразм" билан ўйнайди  2 18:21"Реал" президенти: "Карло Анчелотти энди буюк Мадрид оиласининг абадий аъзосига айланди"  1 18:20Суперлига. "Андижон" - "Сурхон". Таркиблар маълум  0 17:52Суперлига. 11-тур дисквалификациялари: "Насаф", "Нефтчи" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  4 17:33УЕФА Европа Лигаси финалидан сўнг "Тоттенхэм"га медаллар етмай қолгани учун узр сўради  8 17:04Томас Тухель Андорра ва Сенегалга қарши ўйинлар учун Англия терма жамоасига чақирилган 26 нафар футболчи номини айтди. Улар орасида Тоуни ҳам бор  4 16:37Роналду Модричга мурожаат қилди: "Реал"да кўп лаҳзаларни сен билан баҳам кўриш мен учун шараф бўлган"  7 16:16Ўзбекистон кубоги. Бугун 1/8 финалга қуръа ташланади  1 16:05Перес: "Модрич "Реал" мухлислари қалбида мангу сақланиб қолади"  4 15:42Қаршида қолган қасам: Қосимовнинг "Насаф"га қарши қора статистикаси  7 15:39Халқаро тақвим. Июнда бизни нималар кутмоқда?  2 15:14"Бетис" Конференциялар Лигаси финалидан олдин ҳазил тариқасида логотипини ўзгартирди  1 14:49Сергей Чигодаев: "CAFA турнирида барча футболчиларга имконият беришга ҳаракат қиламиз"  3 14:29Расман: "Реал" Анчелотти кетаётганини эълон қилди  19 14:17Ўзбекистонлик ҳакам аёллар футболи бўйича ОЧЛ финалида ишлайди  0

Ahmed Agamuradov: "Xalqaro musobaqalarda neytral hakamlar ishlagani maqsadga muvofiq" Yangiliklar

Ahmed Agamuradov: "Xalqaro musobaqalarda neytral hakamlar ishlagani maqsadga muvofiq"

"CAFA CUP" musobaqasi doirasidagi O'zbekiston-1 - Turkmaniston uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.

Turkmaniston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmed Agamurodov O'zbekistonning turli klublarida faoliyat olib borgan, ayni paytda "Buxoro"da ishlayotgan Tachmurad Agamurodovning o'g'li hisoblanadi.

"Musobaqa tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiraman. Toshkentda, O'zbekistonda do'stlarim juda ham ko'p. Bugungi o'yin natijasi biz uchun albatta qoniqarsiz bo'ldi. O'zbekiston bizdan kuchli ekanligi maydonda ko'rindi. Birinchi bo'limda raqibga munosib qarshilik ko'rsatdik.

Bizning jamoamiz keyingi Olimpiada o'yinlari saralashida ishtirok etish uchun tuzilgan. O'sha vaqtga qadar bu yoshlarni shakllantirib boramiz.

Bunday xalqaro musobaqada neytral hakamlar ishlashsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Albatta bu birinchi musobaqa bo'lgani uchun balki o'yinlarni o'zbekistonlik hakamlar ishlayotgandir.



Bugungi mag'lubiyat bizni finaldan deyarli chetda qoldiradi. Agar durang o'ynaganimizda ham imkoniyat bo'lardi. Endigi maqsadimiz Tojikistonni mag'lub etish va hech bo'lmasa 3-o'rin uchun bahsda maydonga tushish.

Bu jamoadan 5-6 nafar futbolchi Turkmaniston yuqori divizioni klublarida asosiy tarkibda muntazam o'ynashadi. O'yinchilarimizning ko'pchiligi 1999 yilda tug'ilgan.

O'zbekistonning turli terma jamoalari xorij davlatlariga borib yig'inlar, o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazib qaytishmoqda. Bizda esa hozircha bunday imkoniyat yo'q. SHu bois Toshkentdagi bu musobaqa jamoamiz uchun ayni muddao bo'lmoqda, - deydi Agamuradov.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика