Aguero yanvar oyining oxirida maydonga qaytadi
19 dek 2013 10:17
Yangiliklar


Aguero yanvar oyining oxirida maydonga qaytadi
“Manchester Siti” klubi hujumchisi Serxio Agueroning jarohati taxminlarda keltirilganidek og'ir bo'lib chiqmadi.
Xabarlarga qaraganda, hujumchi olti haftadan so'ng yani yanvar oyining oxirlarida maydonga qaytadi.
SHunday qilib Aguero 19 fevral kuni CHempionalar Ligasi 1/8 finali doirasida “Barselona”ga qarshi o'yingacha maydonga tushishga tayyor bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchi APL doirasida “Arsenal”ga qarshi o'yinda (6:3) jarohat olgan edi.

Fikrlar