Aguero va Pastore Argentina terma jamoasi o'yinlarini o'tkazib yuborishadi
30 avg 2016 11:42
Yangiliklar


Aguero va Pastore Argentina terma jamoasi o'yinlarini o'tkazib yuborishadi
PSJ yarim himoyachisi Xaver Pastore va Manchester Siti hujumchisi Serxio Aguero Argentina terma jamoasining JCH-2018 saralashi doirasidagi Urugvay va Venesuelaga qarshi o'yinlarda ishtirok etishmaydi.
Ikkala futbolchi ham jarohati tufayli terma jamoaga yordam bera olishmaydi.
Pastore to'pig'ida muammo paydo bo'lgan, Aguero esa Vest Xem bilan bahsda mushagini shikastlab oldi.
Argentina terma jamoasi 2 sentyabr kuni Urugvay bilan, 7 sentyabrda Venesuelga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar