Aguero: Man Sitidan keyin Independentega qaytaman
10 mar 2016 22:55
Yangiliklar


Aguero: Man Sitidan keyin Independentega qaytaman
Manchester Siti hujumchisi Serxio Aguero 2018 yilgi Jahon chempionatidan so'ng Independentega qaytmoqchi ekanini malum qildi.
JCH-2018dan so'ng klub bilan amaldagi shartnomam o'z yakuniga etadi va men Independentega qaytishni istayman.
Manchester Sitida menga doim yaxshi munosabatda bo'lishgan. Ammo Evropaning qaysi klubiga o'tishim mumkin? Hech qaerga. SHartnomam tugagach Argentinaga qaytaman, - deydi Aguero.
27 yoshli argentinalik futbolchining shartnomasi 2018/19 yilgi mavsumdan so'ng tugaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar