Aguero: "CSKAga qarshi keyingi o'yin - "Manchester Siti" uchun juda muhim"
03 noy 2014 14:34
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/150240_original.jpg)
![](/upload/storage/150240_220.jpg)
Aguero: "CSKAga qarshi keyingi o'yin - "Manchester Siti" uchun juda muhim"
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero o'z jamoasining keyingi o'yinlari haqida fikr bildirdi.
"MYU ustidan qozonilgan g'alabadan xursandman. Bu g'alaba bizga kerak edi. G'alabali gollarimdan mamnunman. Biz kerakli golni urdik va uch ochkoga ega bo'ldik. SHunday o'ynashda davom etishimiz kerak. Mavsumning bu qismida g'alabalar juda kerak. "CHelsi" hozir yaxshi vaziyatda va bizdan oldinda ketmoqda.
Keyingi dam olish kunida ular "Liverpul" bilan o'ynaydi. Ko'ramiz bu bahs qanday o'tarkin.
CHempionlar ligasidagi CSKAga qarshi navbatdagi tur uchrashuvi biz uchun juda muhim. Ijobiy natijaga erishish uchun jamoada hamma narsa bor. Biz uch ochko olishimiz va keyingi bahslarda muvaffaqiyatga erishishimiz kerak" - deydi Aguero.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar