Aguero Argentina futboli rahbariyatini tanqid qildi
23 noy 2022 15:53
Yangiliklar
Aguero Argentina futboli rahbariyatini tanqid qildi
"Men hali terma jamoa futbolchilari bilan ko'rishganim yo'q. Hammasi juda g'alati. Ha, nazoratdan o'tish uchun hujjatlar bo'lishi kerak. Rasmiylashtirish ishlari uchun uch-to'rt kun kerak bo'lishi menga g'alati tuyuladi.
Men so'raganimda, ular yuqoridan topshiriq kelganini aytishdi, lekin terma jamoa bilan uchrashishga ruxsat berilgan boshqa odamlarni ko'rib turibman. Ular menga kerakli hujjatlarni tezda berishmayotgani g'alati.
Men terma jamoada bo'lganman va ular tez fursatda akkreditaciyadan o'tishlarini bilaman. Hech kimni bezovta qilmayman, hammasi hal bo'lguncha kutaman.
Men kelib, hammaga omad tilashni xohlagandim. Juda kam uchraydigan vaziyat bo'lyapti. Men hech qachon hech kimga yomonlik qilmaganman, o'zimni har doim yaxshi tutganman. Balki keskin gapni ko'tarolmaydiganlar bordir. Argentina futbol associaciyasi kelishimni istamasa, buni yuzimga aytsin", – dedi Aguero.
Fikrlar