So’nggi yangiliklar

09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  0 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  7 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  5 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  2 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  29 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  8 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  10 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  9

AGMK Turkiyada Belarus klubi bilan durang o'ynadi Yangiliklar

AGMK Turkiyada Belarus klubi bilan durang o'ynadi

Teglar :  AGMKTorpedo Belaz
Antaliyada yig'in o'tkazayotgan AGMK bugun navbatdagi nazorat bellashuvida maydonga tushdi.

Belarusning "Torpedo Belaz" jamoasi bilan kechgan ikkinchi uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmadi.

Birinchi bo'lim AGMK ustunligida o'tgan bo'lsa, ikkinchi taymda belorusliklar tajovuzkorlikni oshirdi.

Dastlabki golni AGMK kombinacion hujumdan so'ng urdi. Bu vaziyatda Tursunovning uzatmasini Kasyan golga aylantirdi. Tanaffusdan keyin raqib jamoa vakillari Makarov va Kuxarchik ketma-ket gollar urib, "Torpedo Belaz"ni hisobda oldinga olib chiqdi. SHundan so'ng yana tashabbuskorlikni qo'lga olgan AGMK G'ofurov qanotidan hujumlarni oshirdi. Aynan Husniddin G'ofurovning qanotdan yorib kirishi jarayonida raqib unga nisbatan qoidani buzdi. Hakam tomonidan belgilangan penaltini esa G'ofurov golga aylantirib, uchrashuvda muvozanatni tikladi. O'yin tugashiga yaqin esa Ablaev va Jo'raev ajoyib tarzda raqib jarima maydoniga yorib kirishdi. Biroq Jo'raevning yakuniy zarbasi kuchsiz chiqqani tufayli raqib posboni Evgeniy Abramovich to'pni qiyinchiliksiz ushlab oldi. Aks holda o'yin AGMK jamoasining irodali g'alabasi bilan yakunlanardi.

SHu tariqa AGMK Antaliyadagi yig'in doirasidagi to'rtinchi o'yinni durang bilan tugatdi.

Yig'in doirasidagi yakuniy oxirgi nazorat uchrashuvi esa 26 fevral kuni Qozog'istonning "Jetisu" jamoasiga qarshi kechadi.


Nazorat o'yini.

24 fevral, chorshanba.

AGMK - "Torpedo Belaz" 2:2

Gollar:
Kasyan (16), G'ofurov (76) - Makarov (55), Kuxarchik (62).

AGMK — Sultonov - Sulaymonov, Otaxonov, Kozak, Jalolov - Jokich, Qosimov, Jo'raev - Tursunov, Kasyan, Toshmatov.

Zaxiradan maydonga tushganlar:
Ahmadaliev, Umarov, Rahmonov, Komilov, Ablaev, SHoahmedov, G'ofurov, Abdulhamidov, Polvonov.

"Torpedo Belaz" — Aleksey Kozlov, Igor Burno, Vitaliy Ustinov, Alan Aussi, Samyuel Odeoibo, Andrey Xachaturyan, Nikita Nikolaevich, Yuriy Gabovda, Aleksey Antilevskiy, Dmitriy Antilevskiy, Kirill Kirilenko.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Evgeniy Abramovich, Ernest Astaxov, Denis Grujeskiy, Dmitriy Yashin, Kirill Premudrov, Yuriy Pavlyukovec, Mateus Monteyru, Anatoliy Makarov, Mixail Afanasev. Kirill Leonovich, Ilya Kuxarchik, Pavel Klenyo.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика