So’nggi yangiliklar

20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 2:0 (матнли трансляция)  36 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  0 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

AGMK tanishtiruv marosimini o'tkazdi FOTO Yangiliklar

AGMK tanishtiruv marosimini o'tkazdi FOTO

Olmaliq shahrining AGMK futbol klubi bugun "Turkiston" mehmonxonasida yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimini o'tkazdi.


Tadbirda AGMK futbol klubi texnik direktori Muxtor Qurbonov, bosh murabbiy Viktor Kumikov, shuningdek futbolchilar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida Muxtor Murodovich so'z olib, jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligi hamda vazifalar haqida malumot berdi.

- "Avvalo kirib kelgan futbol mavsumi bilan barcha muxlislarni tabriklayman. Jamoamiz mavsumga yaxshi hozirlik ko'rdi. Kecha Superliganing 1-turidan o'rin olgan ikkita bahs bo'lib o'tdi va ikkala o'yin ham qiziq kechdi. O'ylaymanki, bundan keyingi bellashuvlar ham muxlislarga yoqadigan darajada bo'ladi".

- "AGMK joriy mavsumning ilk rasmiy uchrashuvini ertaga "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazadi. Biz bu o'yinga tayyormiz. Nasib qilsa, chiroyli o'yin ko'rsatib ijobiy natija ko'rsatishga harakat qilamiz. Barcha jamoalarga omad tilayman".

- "Olmaliq" nomi AGMK deb o'zgartirilishiga qanday munosabat bildirasiz?

- "Jamoamiz nomi oldin ham aniqrog'i, 2008 yilda o'zgargan va o'shanda OTMK deb nomlangandi. Bu yil ham klubimiz rahbarlari jamoa nomini o'zgartirishni maqul ko'rishdi. Menimcha, bu unchalik rol o'ynamaydi va muhimi, AGMK nomi ostida natija ko'rsatsak bo'lgani. Yangi nom bilan o'tgan yilgidan yaxshiroq natija qayd etamiz deb umid qilaman".

Viktor Kumikov (jamoa bosh murabbiyi):

- "Mavsumga tayyorgarlikni uch bosqichda olib bordik. Dastlabkisi dekabrda Toshkentda o'tkazilgan bo'lsa, yanvar-fevral oylarida Turkiyada ikki marta o'quv-mashg'ulotlarini tashkil etdik. Barcha mashg'ulotlar belgilangan dastur bo'yicha kechdi. O'rtoqlik o'yinlari ham maromida bo'ldi. O'ylaymanki, bu mavsum biz uchun omadli keladi".



- Viktor Balyutovich, bu yil ko'p jamoalar o'z oldiga chempionlik vazifasini qo'ygan. Xususan, "Navbahor", "Qo'qon-1912" va "Neftchi" ham. SHundan kelib chiqib "Olmaliq"ning maqsadi qanday?

- "CHempionat boshlanmasdan oldin istalgan gapni gapirish mumkin. Biz ham gapira olamiz, lekin hammasini o'yinlar ko'rsatib beradi. Oldimizga qo'yilgan aniq vazifa bu - ikkinchi davradan so'ng yuqori oltitalikka kirib olish, u yog'ini esa vaqt ko'rsatadi".

- AGMK 10 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma tuzdi. Sizningcha, bu ko'pmi yoki normalmi?

- Albatta, ko'p. Aslini olganda bunday bo'lmasligi kerak. Lekin 10ta futbolchi qo'shib olganimizning o'ziga yarasha sabablari bor. Biz o'tgan yilgi natijadan kelib chiqqan holda selekciya siyosatini olib bordik. Qolaversa, bu yil maqsadimiz yanada yuqori. Bazi futbolchilar talablarimizga mos kelmadi va ularni qo'yib yubordik. Yangi futbolchilar jamoaga qanchalik moslashib ketishini vaqt ko'rsatadi. Bu gap hammaga, shu jumladan legionerlarga ham tegishli.  

Tadbir davomida jamoaning barcha futbolchilariga libos topshirish marosimi bo'lib o'tdi. SHunday qilib AGMK o'yinchilari bu mavsum quyidagi raqamlarda harakat qilishadi.


Darvozabonlar
#12. Roman Abdulov
#33. Pavel Matyash (Qirg'iziston)
#46. Xurshid Xo'jaev
#99. Nizomiddin Ziyavutdinov

Himoyachilar
#18. Qahramon Bahodirov
#2. Abduqahhor Hojiakbarov
#15. Vladimir Bubanya (Serbiya)
#19. Vladislav Kasminin (Belarus)
#24. Javlon Guseynov
#4. Xurshid Muxtorov
#3. Mirjalol Miryusupov

Yarim himoyachilar
#13. Lutfulla To'raev
#21. G'ulom-Haydar G'ulomov
#5. Dilshod Jo'raev
#23. Yovan Jokich (Serbiya)
#77. Otabek Zokirov
#7. Sanjar Rixsiboev
#8. Muzaffar Muzaffarov
#20. Ibrohim No'monov

Hujumchilar
#9. Zafar Polvonov
#17. Kamoliddin Murzoev
#87. Vadim CHemirtan (Moldova)
#22. Abdumalik Abdullaev
#10. SHohnazar Norbekov

Izoh: Ajratib ko'rsatilgan o'yinchilar jamoaga bu yil qo'shilishdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика