So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  8 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  11 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  819 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

AGMK - "Paxtakor": kim necha bahoga loyiq? Yangiliklar

AGMK - "Paxtakor": kim necha bahoga loyiq?

Teglar :  AGMKPaxtakor
Kecha Olmaliqda AGMK va "Paxtakor" o'rtasidagi dahshatli bahs guvohiga aylandik. Qosimov "Paxtakor"ga qarshi noxush ananasiga chek qo'yish ilinjida shogirdlarini jiddiy tayyorlagandi, ammo uning rejalari o'zini oqlamadi.

O'sha o'yinni tomosha qila turib, 10 ballik tizimda futbolchilarning xatti-harakatlarini baholab chiqdik. Albatta, bizning nuqtayi nazarimizga qo'shilmaslikka haqqingiz bor.


AGMK: 

1.Botirali Ergashev — 5

Botirali Ergashev darvozani yomon qo'riqlamadi, hatto uchrashuv yakunlarida CHeran bilan birga-bir vaziyatda qolganda yirik hisob qayd etilishining oldini oldi. SHunga qaramay, darvozasi tomon yo'llangan aniq zarbalarning teng yarmini o'tkazib yuborgani uchun maktabda alo baho hisoblansa-da, bizning reytingda "yigit baho"ga loyiq ko'rildi. 

7.Dilshod Ahmadaliev — 6

Ahmadaliev o'ng qanot himoyada o'yinni boshlaganiga qaramay, hujumlarda faol harakat qildi. Birinchi bo'limda Dilshod chap oyoqda aniq zarba yo'lladi, ammo Quvvatov uchun bu qiyinchilik tug'dirmadi. Qolaversa, ikkinchi bo'limda ham Rahmonovni qulay vaziyatga olib chiqdi, ammo yakunda "Paxtakor" himoyachilari vaziyatni bartaraf etishdi.


3.Sardor Rahmonov — 6

Garchand ikkita to'p o'tkazib yuborish himoya nuqtasiga "quyoshli" so'z aytishga etarli bo'lmasa-da, Rahmonovning xatti-harakatlari ijobiy taassurot qoldirdi. Rahmonov to'p uchun kurashlarning ko'pida ustun keldi hamda bir necha vaziyatlarni yaratishda jonbozlik ko'rsatdi. Qolaversa, ikkinchi bo'limda o'ng qanotdan hujumlar tashkillashtirishda faol qatnashdi. Uning harakatlarida xatoliklar deyarli ko'zga tashlanmagan bo'lsa-da (birinchi golda Sobirxo'jaevga aldandi), himoyachi sifatida mag'lubiyat uchun hamma qatori javobgar sanaladi.

5.Anzur Ismoilov — 5

Ismoilov ham yuqoriroq bahoga loyiq ko'rilishi mumkin edi, ammo uchrashuv poyoniga etib borayotgan pallarida bilaklaridagi kuch so'na boshlaganining guvohiga aylandik. Birinchi bo'limda ko'pgina havodagi kurashlarda ustun keldi, CHeran va Banashakdan bir necha bor to'pni olib qo'ya olgan Anzur ikkinchi gol o'tkazib yuborishidagi aybdorlardan biri bo'lib qoldi. Garchand uning jamoadoshi noaniq pas bergan bo'lsa, raqib hujumchisining to'pni egallab olib, darvozani ishg'ol qilguniga qadar Ismoilov hech qanday qarshilik ko'rsata olmadi. Qolaversa, ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda qanotda Jabborovga tezlikda yutqazdi, natijada "Paxtakor" yosh futbolchisining pasidan so'ng CHeran AGMK posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. 

2.Akrom Komilov — 6

Komilovning o'yini ham ko'zyoshlarni shashqator to'kadigan darajada emas. Akrom himoya bilan bir qatorda hujumlarda ham faol ishtirok etdi. Jumladan, uchrashuv boshida Mirahmadovning bosh bilan bergan zarbasi Komilov boshlagan hujum mahsulim edi. SHuningdek, birinchi bo'lim yakunlarida Hamdamovning qanotdan oshirgan to'pni bartaraf etdi, aks holda Turg'unboev gol urishga eng shimarib turgandi.

15.Giorgi Papava — 4

O'yinda intriga o'lmagan bir vaqtda Papava ishning pachavasini chiqardi. Aynan uning noaniq pasidan So'ng CHeran to'pni egallab olib, xatolar kechirmasligini aytib qo'ydi.

8.Abdulla Abdullaev — 5

Tayanch zonasida harakat qilgan Abdullaev maydonda ko'rinmas vazifani bajardi. Tayanch himoyachilari odatda shunday taassurot qoldirishadi. Biroq so'nggi vaqtlarda O'zbekiston terma jamoasiga jalb etilayotgan futbolchi ko'proq Banashakning oyog'iga keraksiz zarba berib, sariq kartochka orttirib olgani bilan yodda qoldi.


88.Ciyavash Haqnazariy — 7

Eronlik futbolchi AGMK tarkibidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'ldi. To'g'ri, u gol urmadi, golli pas bermadi, ammo hujumlar tashkil etishda faol harakat qilldi. Ayniqsa, birinchi bo'limda "Paxtakor" futbolchilarini rosa ter to'kishga majbur etdi. Sia birinchi bo'limda qulay vaziyatda turib kuchsiz zarba yo'llab qo'ydi, ikkinchi bo'lim boshlarida esa Boakeni oldinga boshladi, olmaliqlar hujumchisining zarbasini esa Quvvatov amallab qaytardi.

17.Sanjar Tursunov — 5

Olmaliqliklar sardori ko'proq ko'zga tashlangan bo'lsa, kuzatuvlarimga ko'ra, uning xatti-harakatlari ko'proq zarariga ishladi. Jumladan, uning dastlabki 15 daqiqada jarimadan hamda qanotdan uzatgan to'pi hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Uchrashuv boshlari Sia ishlagan boshqa standartda ham uning paslatib bergan uzatmasini raqib himoyachisi qiyinchiliksiz qaytardi. Birinchi bo'lim o'rtalarida Tursunov oq xalatlilar yordamiga ehtiyoj sezdi, ehtimol, mana shu jihat ham uning o'yiniga xalal bergandir. Keyinchalik yarim himoyachidan yana bir nechta zarbalar ko'rdik, ammo ularning deyarli barchasi noaniq.

10.Xurshid G'iyosov — 6

G'iyosov AGMK hujumlarini tashkil etishda va rivojlantirishda faol ishtirok etdi. Mezbon futbolchilar ko'pgina zarbalarni aynan G'iyosovning pasidan so'ng ijro etishdi. Mirahmadov va Ahmadaliev shular jumlasidandir.


99.Mirjahon Mirahmadov — 4

Kecha Mirahmadov uchrashuvning eng futbolchisi bo'lishi mumkin edi, ammo hujumchi yuzaga kelgan barcha imkoniyatlarni ko'kka sovurdi. SHuningdek, unda zarba berish uchun bir necha vaziyatlar paylo bo'lganda, to'pni tepish o'rniga ikkilanib qoldi, oqibatda to'p yo'qotildi. Birinchi bo'limdan so'ng uning zaxiraga olinishi ham murabbiyning futbolchidan ko'ngli to'lmaganidan dalolat beradi.


Zaxira: 

22.SHohruh Gadoev — 5

Gadoev maydonda ko'p vaqt o'ynamadi. Uning qanotdan bir marotaba oldinga borib, pas bergani yodda qoldi, xolos.

9.Dan Spataru — 6

SHerigi bilan bir vaqtda maydonga tushgan legioner o'yinni ancha jonlantirdi. O'ng qanotdan bir necha bor oldinga borgan Danning Boakega oshirgan pasini yodga olish kifoya. 


4.Mirjamol Qosimov — 5

Masuliyatli raqam egasi maydonda 10 daqiqacha ham o'ynamadi hamda uchrashuvdagi eng oxirgi zarbani yo'lladi.


63.Alisher Jalilov — 5

Jalilov ham ko'p vaqt maydonda ko'rinish bergani yo'q. Yarim himoyachi bir necha qisqa paslari bilan ko'zga tashlandi.


27.Martin Boake — 7

Boake maydonda bir taym harakat qilgan bo'lsa-da, boshni changallaydigan ko'plab zarbalar muallifiga aylandi. Ikkinchi bo'lim boshlarida Sianing pasidan so'ng Azmiddinovdan qochib ketgan hujumchining zarbasini Quvvatov qiyinchilik bilan bartaraf etdi. SHuningdek, uchrashuvning 3/4 qismi ortda qolgan bir pallada Spataruning o'ng qanotdan uzatmasini darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi. Qolaversa, chap qanotdan uzatilgan to'pga bosh bilan yo'llagan zarbasi ham xavfli tus olgandi. 


12.Dilshod Yoqubov -

13.Eldor Begimov -

16.Artyom Filiposyan -

19.Muhammadanas Hasanov -


"Paxtakor": 

35.Sanjar Quvvatov — 7

Quvvatov darvozasi yonida xavfli vaziyatlar ko'p sodir etilgan bo'lsa-da, xavfli zarbalar barmoq bilan sanarli darajada bo'ldi. "Paxtakor" posboni kechagi bahsda faqatgina vaqt cho'zgani uchun ko'rsatilgan sariq kartochkasi bilan eslanadi.

3.Hojiakbar Alijonov — 8

Alijonov nafaqat gol urdi, balki o'ng qanotdan hujum tashkil etishda va himoya qo'rg'onini qo'rishda faol ishtirok etdi. Yodingizda bo'lsa, uchrashuv boshlarida Alijonov ikki raqibidan o'zib ketib, CHeranga zarba yo'llashga imkoniyat yaratib berdi. Qolaversa, qanotdan ko'plab uzatmalarni amalga oshirdi hamda yuqori bahoga loyiq ekanligini isbotladi.


7.Odiljon Hamrobekov — 8

Umumiy rakursdan qaraganda, Hamrobekovning o'yini ko'zga ko'rinmasligi mumkin, ammo tayanch yarim himoyachisi raqibdan to'pni olib qo'yish hamda hujumlar boshlashda o'ta aktiv harakat qildi. AGMKning ko'pgina hujumlari aynan Hamrobekov sababli qurbonlikni bajo keltirdi. O'ylashimcha, "Paxtakor" sardori yuqori bahoga loyiq harakat qildi.

8.Azizbek Turg'unboev — 7

Turg'unboev ham hujumlarni rivojlantirishda jonbozlik ko'rsatdi. Birinchi bo'limda past bo'yli bo'lishiga qaramay, chalqancha uslubda gol urishiga raqib futbolchilari yo'l qo'ymadi. Qolaversa, birinchi gol ham aynan Turg'unboev orqali boshlab berilgandi.


10.Dragan CHeran — 7

CHeran o'yin davomida qolganlarga o'zini ko'rsatishiga imkon berdi, o'z mahoratini esa tomosha finaliga olib qo'ydi. Ikkinchi golda kimsan Ismoilovni dog'da qoldira olgan "sherlar" etakchisi keyinchalik "ochilib" ketdi hamda vaziyatlardan unumli foydalanganida kamida xet-trik sohibiga aylangan bo'lardi. Dragan uchrashuv davomida eng ko'p zarba yo'llagan futbolchilardan biriga aylandi.

13.Iliya Martinovich — 5

Martinovich ham maktab kundaligida chiroyli ko'rinadigan bahoga munosib o'yin namoyish etdi. Futbolchi birinchi bo'limda o'zini yaxshi his qilmadi. Bir vaziyatda to'p uning qo'liga tekkandek ko'rindi. SHuningdek, u oddiy vaziyatda himoyadagi sherigiga pas berio'da xatoga yo'l qo'ydi hamda raqiblariga zarba berishga zamin yaratdi. SHackix bejizga tanaffusda himoyachiga dam olish imkoniyatini taqdim etmadi.


17.Dostonbek Hamdamov — 6

Hamdamov ham birinchi bo'limdan so'ng zaxiraga olingan bo'lsa-da, birinchi bo'limda yomon harakat qilmadi, deb hisoblayman. Ikkala qanotda ham sherigi bilan almashib o'ynagan yarim himoyachi asosan, chap qanotda faollik ko'rsatib, xavfli uzatmalar amalga oshirdi.

19.Pshemislav Banashak — 6

Banashak hujumda pressing tashkillashtirishda jonbozlik ko'rsatdi, ammo oldinga chiziqda "dod-voy" qilishga arzigulik harakat amalga oshira olmadi. 

27.Sardor Sobirxo'jaev — 8

Hamrobekov orqaroqda ajoyib o'yin ko'rsatgan bo'lsa, undan biroz oldinroqda Sobirxo'jaevning xatti-harakatlari tahsinga loyiq. Birinchi golda bir necha raqibini aldab, markazga qulay uzatma amalga oshirgani uchun Alijonov jamodoshini choyxona palov bilan mehmon qilsa arziydi. 

34.Farruh Sayfiev — 7

Sayfiev ham himoya, ham hujumda faollik ko'rsatdi, raqibning o'ng qanotiga boshog'riq bo'la oldi.

88.SHahzod Azmiddinov — 6

Azmiddinov o'yin davomida ko'p bora ko'zga tashlandi. Burchak zarbalari chog'i hujumda ham ko'rinish bergan futbolchi ikkinchi qavatda ustunlikka ega bo'ldi. Biroq pressing va ayrim yakkakurashlarda imkoniyatni boy berdi. Umuman olganda, yosh himoyachining o'yinida ham, bo'y-bastida ham o'sish bor.


Zaxira: 

42.Abbos Fayzullaev — 5

Abbos Fayzullaevning aqlli o'yin uslubi shaxsan menga yoqadi. Uning asta-sekin asosiy tarkib sari yaqinlashib borayotgani ham quvonarli. Ammo kechagi bahsda yarim himoyachining ko'p bora to'p yo'qotganiga guvoh bo'ldik. 


23.SHerzod Azamov — 6

Azamov bilan bir vaqtda maydonga tushgan Boake himoyachiga biroz qiyinchilik tug'dirdi, ammo himoyachining paslarida noaniqliklar uchratmadim. Azamov himoya markazida tartibli o'yin namoyish eta oldi.

5.Oleksandr Nasonov — 6

Hamdamovni dam olishga kuzatib qo'ygan Nasonov ham orqa chiziqda javlon urdi, ammo ko'zga ko'rinarli xavfli vaziyat ham sodir etmagani yarasha qo'pol xatoga ham yo'l qo'ymadi.


46.SHahriyor Jabborov — 6

Jabborov sanoqli daqiqalar maydonda harakat qilgan bo'lsa-da, birgina o'ng qanotdan Ismoilovni dog'da qoldirib ketishi hamda CHeranni raqib posboni bilan birga-bir vaziyatgani chiqargani uchun yaxshi baho bilan taqdirlanadi.

28.Diyor Xolmatov -


33.Eldorbek Suyunov -

63.Muhammadali O'rinboev -

77.Dostonbek Tursunov -


Statistika


To'p nazorati
: 52-48

Zarbalar: 12-7

Aniq zarbalar: 3-4

Noaniq zarbalar: 9-3

Burchak zarbalar: 3-3

Sariq kartochkalar: 1-3

Hujumlar: 97-93

Xavfli hujumlar: 63-59


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика