AGMK - O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan sakkizinchi klub
28 okt 2018 17:20
Yangiliklar
AGMK - O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan sakkizinchi klub
Farg'onada 2018 yilgi O'zbekiston kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda AGMK "Paxtakor"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
O'z tarixida ilk bor finalga chiqqan olmaliqliklar mamlakat kubogini qo'lga kiritgan hisob bo'yicha sakkizinchi klubga aylandi.
O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan barcha klublar:
"Paxtakor" - 11 marta
"Bunyodkor" - 4
"Navbahor" - 3
"Lokomotiv" - 3
"Neftchi" - 2
"Nasaf" - 1
"Do'stlik" - 1
AGMK - 1
Fikrlar