AGMK "Oltin Asr"ni mag'lub etdi
16 fev 2018 08:41
Yangiliklar


AGMK "Oltin Asr"ni mag'lub etdi
AGMK Antaliyada davom etayotgan ikkinchi yig'in rejasidan o'rin olgan beshinchi nazorat o'yinida maydonga tushdi.
Bungacha bo'lib o'tgan 4 uchrashuvning 3tasida durang qayd etilgan va yana 1 bahsda raqib g'alabaga erishgandi. Turkmanistonning amaldagi chempioni "Oltin Asr"ga qarshi o'yinni gruziyalik hakamlar boshqarib borishdi.
Qiziqarli o'tgan o'yinda olmaliqliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. AGMKdan gollarni Vadim CHemirtan, Muzaffar Muzaffarov va Yovan Jokichlar kiritishgan bo'lsa, raqib jamoadan Mixail Titov javob to'pi muallifi bo'ldi. Jokich tomonidan urilgan uchinchi gol penaltidan amalga oshirildi.
Viktor Kumikov shogirdlarining Antaliyadagi so'nggi nazorat o'yini 17 fevral kuni Gruziyaning "Rustavi" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar