Archivo VAR: "Hakam qo'rqoqlik qildi"

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2026, 00:47
Fransiya hamda Ispaniya o'rtasidagi JCH-2026 yarim final uchrashuvida bahsli vaziyat yuz berdi.

Uchrashuv boshida Olise Rodrining oyog'iga bustasining tag qismi bilan zarba berdi, ammo hakam sariq kartochka ham ko'rsatgani yo'q.

Birozdan so'ng Archivo VAR sahifasi hakam ushbu vaziyatda qizil kartochka berishi kerakligi haqida yozdi.

“Fransiya – Ispaniya o'yinida VAR "qo'rqoqligi". Olise juda kech qoldi va butsasi tagi bilan Rodrining to'pig'ining tashqi qismiga zarba berib, unga shikast etkazdi. BU TO'G'RIDAN-TO'G'RI QIZIL KARTOCHKA. Bu harakat ispaniyalik futbolchining sog'lig'iga ochiqdan-ochiq xavf soladi".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Archivo VAR