

Marosimda strimer IShowSpeed, xonanda Robbi Uilyams, xonandalar Laura Pauzini va Nikol Sherzinger, shuningdek, aktyor Tom Kruz ishtirok etadi. AQSH madhiyasini amerikalik aktrisa va xonanda Jennifer Xadson ijro etadi.
Final o'yini tanaffusida Shakira, Madonna, Jastin Biber, BTS va Coldplay chiqish qiladi.
Tadbir 19 iyul kuni Nyu-Yorkdagi "Metlayf Stedium" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.
IShowSpeed – mashhur amerikalik strimer va Krishtianu Ronalduning muxlisi. Uning YouTube kanalida 57,2 million obunachi bor.



