iShowSpeed: "Mbappe "Real"ga o'tmaydi, menga ishoning"

Оқил Абдубарноев
17 may 2024, 00:42
iShowSpeed taxallusiga ega amerikalik yutuber Darren Uotkins PSJ futbolchisi Kilian Mbappening "Real Madrid"ga o'tishiga munosabat bildirdi.

Blogerning aytishicha, Mbappe Madrid klubi a'zosiga aylanmaydi.

"Mbappe "Real Madrid"ga o'tmaydi, ha, o'tmaydi! Sizga ishonch bilan aytyapman. Buni qayerdan bilasan deb so'ramang, lekin u "Real"ga o'tmaydi. Menga ishoning!", - dedi YouTube platformasida 20 milliondan ortiq obunachiga ega bloger.

Avvalroq Kilianning jamoadoshi uning Saudiya Arabistoniga yo'l olishini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: youtube.com/c/ISHOWSPEED