JCH. Ispaniya Fransiyani ishonchli hisobda mag'lub etib, finalga yo'l oldi

15 iyul 2026, 02:00
2026 yilgi Jahon chempionatining ilk yarim final uchrashuvi yakunlandi.

JCH, ½ final

Fransiya – Ispaniya 0:2

Gollar: 22 - Mikel Oyarsabal, 59 - Pedro Porro

Fransiya: 16. Mik Menyan, 5. Jyul Kunde, 4. Deotshankyul Upamekano, 17. Vilyam Saliba (26. Maksans Lakrua, 30’), 3. Lyuka Din (19. Teo Ernandes, 72’), 14. Adrien Rabo (6. Manu Kone, 46’), 8. Orelen Chuameni, 7. Usmon Dembele, 11. Maykl Olise (24. Rayan Sherki, 72’), 10. Kilian Mbappe, 12. Bredli Barkolya (20. Dezire Due, 57’).

Zaxira: 1. Bris Samba, 23. Roben Risser, 2. Malo Gyusto, 15. Ibraima Konate, 21. Lukas Ernandes, 13. N'Golo Kante, 18. Uorren Zair-Emeri, 25. Magnes Akliush, 9. Markus Tyuram, 22. Jan-Filipp Mateta.

Ispaniya: 23. Unay Simon, 12. Pedro Porro (5. Markos Lorente, 84’), 22. Pau Kubarsi, 14. Emerik Laport, 24. Mark Kukurelya, 16. Rodri, 10. Dani Olmo (6. Mikel Merino, 78’), 8. Fabian Ruis (20. Pedri, 78’), 19. Lamin Yamal, 15. Aleks Baena (17. Niko Uilyams, 84’), 21. Mikel Oyarsabal (7. Ferran Torres, 74’).

Zaxira: 1. David Rayya, 13. Joan Garsiya, 2. Mark Pubil, 3. Alexandro Grimaldo, 4. Erik Garsiya, 9. Gavi, 18. Martin Subimendi, 11. Yeremi Pino, 25. Viktor Munos, 26. Borxa Iglesias.

Ogohlantirishlar: 9 - Adrien Rabo, 31 - Mark Kukurelya, 86 - Kilian Mbappe

🕘 90+8. O'yin yakunlandi, Ispaniya - finalda!

90+7. Mbappening zarbasi noaniq bo'ldi.

90+7. Usmondan yana bir zarba, bunisini ham Simon qaytardi.

90+5. Dembelenig jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasi aniq bo'ldi, ammo Simon to'pni ushlab oldi.

90+4. Uilyamsning zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.

89. Mbappening jarima zarbasidan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.

81. Due darvoza bo'sh bo'lgan holatdan turib zarba berdi, ammo Simon qaytishga ulgurib, qaytardi…

78. Ferranning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

72. Suv ichib olingandan so'ng Fransiya ikkita o'zgarishga qo'l urdi, ko'ramiz, bu qanchalik o'yinni o'zgartirar ekan.

69. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

67. Mbappening zarbasi rekoshetga uchrab maydondan chiqib ketdi.

63. Ispanlar tinmayapti, bosimni kuchaytirishmoqda.

61. Yamal bir necha himoyachidan o'tib, gol urgandi, biroq bu holatda offsayd bor ekan.

59. Fransiya, Mbappe, Desham, nimadir qila oladimi?!

gettyimages-2285495892-2048x2048.jpg

⚽️ 58. GOL! Porro hisobni ikkitaga oshirdi! Ispanlar sochib tashlashdi himoyani va Olmoning uzatmasini golga aylantirdi!

55. Barkolya yaxshi vaziyatga chiqib borgandi, biroq to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi.

52. Oyarsabalning kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.

51. Yamal birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba bergandi, Menyan esa to'pni qaytardi. Qo'shimchasiga bu vaziyatda offsayd bo'lgan ekan.

🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Ilk bo'limdan keyingi statistika:

xG - 0,04 - 0,99

To'p nazorati - 45% - 55%

Darvoza tomon zarbalar - 2 - 5

Aniq zarbalar - 0 - 1

Burchak zarbalar - 3 - 1

Uzatmalar aniqligi - 84% - 87%

🕘 45+7. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

44. Ispaniya darvozasi tomon jarima zarbasi belgilangandi, biroq bu keyinroq bekor qilindi. Qiziq.

38. Ispaniyadan zo'r kombinaciya tashkil etildi, yakuniy zarbani Ruis berdi, biroq francuzlar bartaraf eta olishdi…

37. Porrodan zarba endi, bunisi ham aniq bo'lmadi.

36. Barkolyaning zarbasi ham noaniq ketdi.

34. Olmoning darvoza tomon yo'llagan zarbasi anchagina noaniq bo'ldi.

🔄 30. Vilyam o'zgartirildi, o'rniga Lakrua tushdi.

🏥 29. Saliba jarohat oldi shekilli, maydon o'rtasiga o'tirib oldi. Katta ehtimol o'zgarish bo'ladi.

24. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

23. Ispaniya hisobni ochib oldi, endi buyog'iga o'yin “yonishi” aniq!

gettyimages-2285479176-2048x2048.jpg

⚽️ 22. GOL! Oyarsabal penaltidan gol urdi! Mikelning zarbasi aniq bo'ldi!

21. Holat VARda ko'rib chiqilmoqda.

20. Penalti, Fransiya darvozasi tomon! Lyuka Din ortidan Yamal kelayotganini ko'rmay qolib, unga zarba berib yubordi.

16. Fransiya zo'r qarshi hujum tashkil etgandi, ammo yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.

11. Baenaning zarbasi “jonli devor”dan o'tmadi.

10. Fransiya darvosi tomon juda yaqin masofada jarima zarbasi belgilandi, xavfli nuqta.

6. Barkolya chapdan oldinga yurish qildi, uzatmasini Kubarsi bartaraf eta oldi.

5. Dastlabki daqiqalar faollik bilan emas, aksincha, xotirjam boshlandi. To'p nazorati ispanlarda.

🕛 1. O'yin boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni 2026 yilgi Jahon chempionatining ilk yarim final uchrashuvi - Fransiya – Ispaniya bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia