AGMK klub antirekordini takrorlashi mumkin
23 noy 2020 12:34
Yangiliklar
AGMK klub antirekordini takrorlashi mumkin
Olmaliqning AGMK klubi Superliganing 22-turida "Lokomotiv"ga yutqazib qo'ydi.
SHunday qilib Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa chempionat doirasida ketma-ket to'rtinchi bahsda yutqazdi.
2008 yildan buyon O'zbekiston chempionatida ishtirok etib kelayotgan klubning eng uzoq davom etgan mag'lubiyatli seriyasi 2016 yilda qayd etilgan. O'shanda Olmaliq shahri jamoasi ketma-ket 5ta uchrashuvda raqiblarga yutqazgan.
Superliganing 24-turida AGMK o'z maydonida "Andijon"ni qabul qiladi. Mazkur bahsda mezbonlar yana yutqazib qo'yishsa klub tarixidagi antirekord takrorlanadi.
Malumot uchun, shu yil AGMK ketma-ket 13ta bahsda yutqazmay, o'z tarixidagi eng uzun mag'lubiyatsiz seriyani qayd etgandi.
Fikrlar