"Yuventus"dan antirekord

Sherzod Nurmatov
16 dek 2024, 11:47
Turinning "Yuventus" jamoasi mavsumning birinchi yarmidagi g'alabalar soni bo'yicha so'nggi 25 yil ichidagi klub antirekordini o'rnatdi.

Bu haqda "Sport+" xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, "keksa sinora" Italiya A Seriyasining dastlabki 16 turida 6 ta g'alabaga erishib, 10 ta durang qayd etdi va 28 ochko jamg'ardi. "Yuventus" 1998/99 yilgi mavsumda bundan salbiyroq natija ko'rsatgan, o'shanda turinliklar dastlabki 16 o'yinda 23 ochko to'plagan.

E'tiborlisi, antirekordga qaramay, "Yuventus" joriy mavsum A Seriyada birorta ham o'yinda mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'lib qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport+