AGMK 4 yanvardan tayyorgarlikni boshlaydi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2020, 20:00
Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi jamoa ertaga, yani 4 yanvardan boshlab yangi mavsumga taraddud ko'rishga kirishadi.

Jamoa Do'rmondagi qarorgohida to'planib, yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi dastur bo'yicha taraddud ko'radi. AGMK yaqin orada tarkibdagi o'zgarishlar bo'yicha ham qator yangiliklarni e'lon qiladi.

Yangi mavsumda xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilishga chog'lanayotgan AGMK har taraflama tarkibni kuchaytirish borasida selekciya ishlarini faollik bilan davom ettirmoqda.

Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi dastlabki yig'in klub istiqomat qilayotgan Do'rmondagi qarorgohda olib boriladi. Keyingi yig'in doirasidagi rejalar haqida esa alohida xabar beriladi", - deb yozadi AGMK matbuot xizmati. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia