Agent: "Yaya Turening "Manchester Siti"dan ketishi aniq"
04 apr 2016 13:14
Yangiliklar
Agent: "Yaya Turening "Manchester Siti"dan ketishi aniq"
Yaya Turening agenti Dmitriy Selyukning so'zlariga ko'ra, uning mijozi yozda "Manchester Siti"ni tark etadi.
"Yaya Turening "Manchester Siti"dan ketishi aniq. Buni xotirjam tasdiqlashim mumkin. Turli takliflar qabul qildik va ularni o'rganyapmiz. Hozircha bir qarorga kelmadik. Pul - yangi klub tanlashda katta ahamiyatga ega emas. Birinchi navbatda klubning g'oyasi qiziqarli bo'lishidir. Eng yaxshisini tanlaymiz.
"Inter"? Bu buyuk klub va ko'pchilik Yaya hamda Manchini o'rtasidagi munosabatlarni yaxshi biladi, ammo oldinroq aytganimdek, hozircha yakuniy qaror qabul qilinmadi. Nerazurrlarda ajoyib loyiha bor va "Inter" fantastik klub" - deydi Selyuk.
O’xshash yangiliklar
10:57
Legionerlarimizga atalgan kun. Bugun Husanov, G'aniev, Erkinov, Turg'unboev jamoalari o'ynaydi
7
Fikrlar