Agent Ixeanacho: "Arsenal"dan bo'lgan qiziqish Kelechining qanchalik saviyali futbolchi ekanini ko'rsatadi"
14 noy 2013 15:50
Yangiliklar


Agent Ixeanacho: "Arsenal"dan bo'lgan qiziqish Kelechining qanchalik saviyali futbolchi ekanini ko'rsatadi"
Nigeriya o'smirlar terma jamaosi azosi Kelechi Ixeanachoning agenti "Arsenal" bu futbolchiga qiziqayotgani haqidagi gaplarga izoh berib o'tdi.
"Biz shunday kuchli klubdan qiziqish tushayotganidan juda xursandmiz. Bu Kelesining qanday saviyadagi futbolchi ekanini ko'rsatib turibti. U o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida ajoyib o'yinlar o'tkazdi va domiy ravishda o'z saviyasini isbotlab kelyapti. Ixeanachoning statistik ko'rsatkichlari ham hammani hayratga solmoqda", dedi agent.

Fikrlar