Agar Totti "Roma" bilan shartnoma uzaytirsa, Spaletti klubni tark etadi
19 apr 2016 15:49
Yangiliklar


Agar Totti "Roma" bilan shartnoma uzaytirsa, Spaletti klubni tark etadi
Agar "Roma" hujumchisi Franchesko Totti klub bilan shartnomasini uzaytirsa, jamoa bosh murabbiyi Luchano Spaletti istefoga chiqadi.
Malumotlarga ko'ra, bu haqda mutaxassisning o'zi rimliklar rahbariyati bilan uchrashuvda malum qildi.
Spalettining amaldagi shartnomasi 2017 yilning yozigacha belgilangan, ammo mutaxassisning jamoa sardori Totti bilan munosabatlari taranglashgan va murabbiy u bilan ishlamoqchi emas. Oldinroq "Atalanta"ga qarshi bahsdan so'ng (3:3) Spaletti va Totti o'rtasida janjal kelib chiqqani va bu dahanaki jangga aylanib ketishigi bir bahya qolgani elon qilingan edi. "Roma" rahbarlari tomonlarni yarashtirib qo'ymoqchi, aks holda jamoa Spaletti yoki Totti bilan xayrlashishiga to'g'ri keladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar