So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  6 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

Agar futbol sohasini tanlaganingizda… Yangiliklar

Agar futbol sohasini tanlaganingizda…

Futbolning turli tarmoqlari mavjud. Xo'sh, bu soha vakillari qancha pul topadi?

Nima deb o'ylaysiz? Futbol ishqibozi borki, hech bo'lmasa bir lahzaga jamoa o'yinchisi bo'lib qolishni orzu qilgan, albatta! SHunday ekan, quyidagi malumotlar sizni befarq qoldirmaydi, deb umid qilamiz!

Futbolchi. Dunyoda futbolchilar o'rtacha hisobda oyiga 50ming evro topadi. Agar ayol futbolchi bo'lsa, oyiga 200 evrodan 40minggacha. Etibor bering, bu erkaklar oyligidan 5,5mln evroga ko'proq degani. Nimaga buncha ko'p? Sababi bu homiylik shartnomasi tuzilmagan holatda. SHuningdek, qobiliyat va mehnatsevarlik bilan ayollar futbolchi bo'lishi biroz osonroq. CHunki raqobat kam. Agar buni Rossiya misolida aytadigan bo'lsak, oyiga 100ming rubl — ajoyib maosh!

Futbolchining sevgilisi. Qiziq, bu ham kasbmi? Sportchilar ko'pincha aql borasida maqtana olmasalarda, u qadar ahmoq ham emaslar. Bazan ular qiz o'rtoq, turmush o'rtoqlaridan pullarini umuman ayamaydilar. Ularni xursand qilish uchun ko'plab xaridlarni amalga oshiradilar. Futbolchining turmush o'rtog'i — xamyonbop kasb. Hattoki, ko'pgina davlatlarda ajrashishdan so'ng, ularning xotini mulkning teng yarmiga ega bo'ladi. Agar uyda "dama kozir" bo'lsa, unda hayot barbod bo'ldi deyavering…

Tavakkal bilan ish ko'ruvchilar. Bitkoinlar haqida eshitganmisiz? Bir odam sizga bir tiyin berib, evaziga 150 ming dollar olib ketsa… Bu siz o'ylagandek oson ish emas. Futbolga shunchaki qiziqish uchun pul tikadigan odamlarni deyarli uchratmaymiz. Muvaffaqiyatli qimorbozlar ham kamdan-kam uchraydi. Agar inson bashorati to'g'ri chiqib, omad unga kulib boqsa, unda marra uniki ekaniga shubha yo'q. Bu noyob kasblardan biri bo'lsa-da, qancha daromad topish faqat o'zingizga bog'liq.

O'smirlar murabbiyi. Avvalo, bolalar ustozi sifatida faoliyat yuritish uchun ham oliy malumotli bo'lish kerak. Masalan, 7 yil avval “Krasnodar” trenerlari 25-30ming rubl atrofida maosh olgan. Yaxshiroq yashash uchun esa ular qo'shimcha ish qidirishi yoki pullarni tejashi kerak. Nima deb o'ylaysiz, balki yosh bolalar murabbiyining qadriga etish vaqti kelgandir?!

Jurnalist. Bu maqomga erishish biroz mushkul. Hatto, “jurnalist” deb yozilgan diplom egasi ham ko'p hollarda shou-biznes vakillari ortidan quvib yurganini guvohi bo'lamiz. Kim bilsin, balki tahliliy material yozishdan qochishar?! Axir yozishni o'rgatib bo'lmaydi. Futbol olamida esa qalam tebrata olish muhim hisoblanadi. Ko'p mamlakatlarda o'yin haqida tahliliy material yozish deyarli bir xil. Ammo, ushbu sport turi haqida tasirchan yozoladigan boshqa soha vakillari, jumladan, texnik, iqtisodchi, programmistlar bor. CHet el OAVda jurnalistlarning o'rtacha gonorari — 45 ming funtdan (Angliya) 60 minggacha (Germaniya) etadi.

Futbol agenti. Agentlarning asosiy qismi kichkina va shinam uyda istiqomat qiladi. Masalan, butun dunyoga mashxur Mino Rayola. U principlarga asoslanib ish ko'rmaydi. Ammo hech qanday afsus nadomatlarsiz, AQSHdan uy, Italiyadan villa sotib olishga qurbi etadi. U yiliga taxminan 250 mln evro topadi.

Selekcioner. Ular o'yinga unchalik tushunmasligi mumkin, lekin ishbilarmon bo'lishi shart. Bu kasb yosh va oila qurmaganlar uchun. Sababi, asosiy vaqt dunyo kezish, jonli o'yinlarni tomosha qilish bilan o'tadi. Boshqa klublardan yaxshi o'yinchilarni topib, uni o'ziga og'dirib, jamoasiga o'tkaza olish hammaning ham qo'lidan kelmaydi. Ish safarlari uchun ularga yaxshigina pul to'lanadi. Lekin maoshlari havas qiladigan darajada emas. Ammo ishning ko'zini bilsangiz, omad men tomonda deyavering!

Bosh murabbiy. Agar siz Fursenkoni “Zenit”ni yanada kuchliroq qilishingizga ishontira olsangiz, siz kuniga 853 ming, soatiga esa 35 ming rubl topa olasiz. Bu Manchinining hech qanday bonuslarsiz bo'lgan maoshi. SHunday ekan u kuniga million rubl topishi mumkin. “Spartak” Karreraning maoshini ikki barobar oshirdi, chunki u o'n yil tinimsiz ishladi. Futbolda murabbiylarni juda hurmat qilishadi. Lekin guruh sardori bo'lish kattagina mashaqqat chekish, yaxshi ishlash va fidokorlikni talab etadi.

SHarhlovchi. SHarhlovchilikka o'qitishmaydi, uni mustaqil o'rganish zarur, albatta agar qobiliyatingiz bo'lsa... Vasiliy Utkin mashhurlik va pul topishda o'qish to'sqinlik qilmasligi uchun oliy o'quv yurtini tark etgan. Aleksandr Elagin — akter. Vladimir Stognienko — iqtisodchi. Konstantin Genich — sobiq futbolchi. Yuriy Rozanov muhandis bo'lishga urinib ko'rgan. Biroq Utkin kabi o'qishni tashlagan. SHarhlovchilarning maoshi maqtanishga arzimasa-da, u qadar kambag'al ham emaslar. Masalan, Rossiyadagi gap so'zlarga qaraganda, quyi darajadagi sharhlovchi oyiga 800ming topadi. Odatda, telesharhlovchilar yomon emas-u, lekin boshqalarga qaraganda biroz kamroq topadi.

Hakam. Ular turli xil bo'ladi. Lekin obro'li insonlar u erda yo'q. Bosh hakamning bitta o'yin uchun asosiy maoshi — 90 ming. Bu taxmiman APL hakamiga to'lanadigan narx bilan bir xil! Ammo qo'shimcha ishi bo'lmagan professional hakamlar bor. Ular yiliga 38 ming funt maosh oladi. Ko'p mamlakatlarda esa hakamlar kichik biznes bilan shug'illanadigan xotinning eriga aylanib qolishadi. Balki shuning uchun, hech och qolmaslar?! Ajabo, aqlingiz bo'lsa, bu kasbga hech ham yaqinlasha ko'rmang!

Odatda futbol muxlislari bir necha turga bo'linadi. Kimdir futbol haqida gapirishda Utkin, CHerdancevga o'xshashni istagan bo'lsa, yana kimdir to'p ortidan quvishga oshiqqan. Bazilar esa murabbiy bo'lishni xohlagan. Bir qarashda hamma kasb osondek tuyuladi. Lekin uni ichiga kirib borish, qiyinchiliklarga dosh berishga har kimning ham kuchi etmaydi. Ammo hamma yaxshi pul topish va yanada yaxshi yashashni istaydi. Qisqacha qilib aytganda, futbol shashka o'yini emas. Unda pulning dumidan mahkam tutish kerak. Xo'sh, siz qaysi kasbni egallashni xohlardingiz?

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика